Breaking News

Erdog'an saylovda qulay fursatga ega bo'lishi mumkin


Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog'an
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog'an

Muharrem Inje saylovchilar, norozi ishchilar diqqatida. Iqtisodiy muammolar fonida otashin millatchilik ritorikasi bilan Inje tarafdorlari sonini ko’paytirmoqda.

“U Turkiyada populizmning yangicha bir to’lqinini boshlagan. Uning harakatlari zamirida amaldagi tizimdan norozilik yotadi. U biror yangi mafkura yoki muqobil tizimni taklif etayotgani yo’q. Shunchaki g’azabnok bir shaxs. Uning g’azabi esa elektoratning ma’lum qisminikiga uyg’un”, - deydi "Politikyol" jurnalisti Sezin Oney.

Xalqaro hayot - 25-aprel, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:52 0:00

Ekspertlarga ko’ra, Injening saylovga qo’shilishi amaldagi prezidentga qarshi muxolifat tarafdorlarini ikkiga bo’lib qo’yadi. Vaziyat Prezident Rajab Toyyib Erdog’an foydasiga ishlaydi. Olti partiya ittifoqini tuzgan, prezidentlikka nomzod JXP lideri Kamol Qilichdoro’g’lining imkoniyatlariga soya soladi.

Ayrimlarga ko’ra, Inje tarafdorlari muxolifatga begonalar.

“Qilichdoro’g’li JXP ni markazga keltirgan holda uni keng qamrovli partiyaga aylantirishga intilmoqda. Dunyoviy jamiyat, dindorlar va millatchilar ham bor uning tomonida. Ultramillatchilar esa o’zini aldangan hisoblamoqda”, - deydi "PanoramaTR" tadqiqot direktori Osman Sert.

Saylovoldi kampaniyasi ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanayotgan Inje tarafdorlari 10 foizdan oshgan. U allaqachon dunyoning ayrim populist liderlari bilan solishtirilmoqda.

“Bu dinamika Amerikada Tramp, Braziliyada Bolsonaru, Vengriyada Orbanda kuzatilgan. Biroq Turkiyada jamiyat boshqacha. Odamlar muxolif nomzod mitingida qatnashaveradi, saylov qutisiga esa eng kuchli nomzod ismini tashlab keladi”, - deydi "DokuzSekiz" axborot dasturi muharriri Gokxan Bichiji.

Ayrim tahlilchilarga ko’ra, Inje kampaniyasi nomzodlarning absolyut ustunlikka erishishiga to’siq bo’ladi va saylovning ikkinchi turiga eltadi.

“Ikkinchi tur saylovlariga eltajak jiddiy omil yetilayotganday, oldindan aytish mushkul”, - deydi Sezin Oney.

Aksariyat Sso’rovnomalar avvaliga birinchi turda Qilichdoro’g’li ustun kelishini ko’rsatayotgan edi. Endi ikkinchi tur kutilishini ko’rsatmoqda.

Tahlilchilarga ko’ra, bu Erdog’an uchun xushxabar, uning raqibi uchun esa xavotir uyg’otadigan holat.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG