Breaking News

Oyga uchish missiyasiga kichik fazo kompaniyasi qo'shildi


Oyga uchish missiyasiga hissa qo'shayotgan kichik kompaniyalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

AQShning kichik bir kompaniyasi Oyga rejalangan ekipajsiz uchish missiyasida ishtirok etmoqda. U Oydagi bazasini qurishda qatnashishni umid qilayotgan ko'plab kichik kompaniyalardan biri.

"Scorpius Space Launch" kompaniyasi yonilg'i baki uchun uglerod tolali panel ishlab chiqaradi. Yaqin haftalarda Oy yuzasiga qo’nishi kutilayotgan "Nova-C IM-1" kosmik kemasida ham shunday material ishlatilgan.

Kaliforniyaning Torrans shahrida joylashgan bu kompaniya juda past haroratga bardosh beradigan yengil yonilg'i bakini yaratish orqali Oyga uchish missiyasining xarajatlarini kamaytirishga hissa qo’shmoqda.

"Biz an'anaviy ravishda ishlatadigan juda zaharli suyuqliklardan farqli o'laroq, harakatni paydo qilish uchun suyuq metan va kisloroddan foydalanamiz", - deydi kompaniya prezidenti Markus Rufer.

"Nova-C" fazo kemasi Texasning « Intuitive Machines » kompaniyasi tomonidan yaratilgan. U to'playdigan ma'lumotlar 2025-yilda "NASA" yetakchiligida odamlarni Oyga olib chiqishni rejalayotgan xalqaro "Artemida" dasturi uchun qo’l keladi. 1972-yildan beri Oyga odam oyog’i yetgani yo’q.

Oyning janubiy qutbi yaqinida qo'nish uchun eksperimentlar o'tkazadi. Bu kelajakda inson ekipajlarining qo’nishiga, shuningdek, Oy tuprog'idan resurslar qazib olishga yordam beradi.

Fazo yangiliklari: Havo sifatini kuzatuvchi vosita, Mars simulyatsiyasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:26 0:00

"Scorpius"dagi muhandislar serchiqim ulkan tadqiqotlarga emas, balki zukko yechimlarga tayanadi.

"Biz kichik va tezkor bo'lganimiz sababli, ular talab qilgan vaqt va xarajat doirasida tankerni yarata oldik », - deydi kompaniya vakili Kris Maruyama.

Kichik kompaniyalar uchun bunday missiyalarda qatnashish oson emas.

“Kosmosga chiqish, albatta, juda qiyin ish va tabiiyki, bu bilan katta tashkilotlar, xavfni kamaytirish vositalari, barcha texnologiya va laboratoriyalarga ega, turli sinovlarni o’tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan kompaniyalar shug’ullanadi. Shuning uchun bizdek kichik jamoa uchun bu juda g'ayrioddiy », - deydi Rufer.

Jeyms Verts – "Scorpius"ni o’z ichiga oluvchi "Microcosm" kompaniyasi prezidenti.

U shuningdek, Janubiy Kaliforniya universitetida professor.

"Tashqarida ulkan borliq va uni tadqiq qilish imkoniyati bor. Siz uni kashf qilish imkoniyatini qo’lga kiritadigan birinchi odamlar bo’lishingiz mumkin", - deydi Verts.

Kema yerdan ko’tarilganda va manziliga qo’nganda hayajon bo’ladi, deydi Rufer.

“Shu darajaga yetganimizdan juda faxrlanamiz va raketa qo’zg’alganda biz igna ustida o’tirgandek bo’lamiz. Hayajondan biz ham sakraydigan holatlar ko’p bo’ladi", - deydi u.

Insoniyat tadqiqotlarning yangi davriga qadam qo'yar ekan, davlatlar va xususiy kompaniyalar kosmosda hamkorlikni yanada kuchaytirishni rejalamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG