Breaking News

XAMAS Isroilni qanchalik shokka soldi?


XAMAS hamlasi manzara: G'azo sektoridan Isroil tomonning ko'rinishi, 7-oktabr, 2023
XAMAS hamlasi manzara: G'azo sektoridan Isroil tomonning ko'rinishi, 7-oktabr, 2023

Yaqin Sharqning harbiy jihatdan eng kuchli davlati bo'lmish Isroil nahotki XAMAS jangarilardan bunday hamlani kutmagan edi, uning oldini olishga hozir emas edi?

Favqulodda vaziyatlarga hamisha tayyor ekanini bildirib keladigan Isroil 7-oktabrgi hujumdan shokda ekani ko'plab tahlilchilarni ajablantirmoqda.

XAMAS bu operatsiyaida buldozer, mototsikl va boshqa vositalarni ishga solgan. 1973-yildan beri Isroil arablardan bu qadar zarba yemagan edi.

XAMAS o'tgan ikki yildan beri ancha passiv edi va yahudiy davlat bilan urushishni xohlamasligini bayon etib kelayotgan edi.

Buning evaziga Isroil G'azo sektoriga iqtidodiy yordamni oshirgan, Falastin ahliga yordam va'da qilgan edi.

XAMAS manbalariga ko'ra esa aslida qonli hamla yashirin tayyorgarlik avjida edi.

"Reuters" axborot agentligi to'plagan ma'lumotlar shundan dalolatki, hujum ehtimoli haqida Isroil tomonda ham xavotirganlar bo'lgan.

"XAMAS Isroilga boshqa jang qilmaymiz, degan signalni berib keldi", - deydi jangarilar faoliyati bilan tanish manba.

O'tgan oylar mobaynida ayniqsa "samimiy bayonotlar" bilan chiqib, yahudiylar va arablar yonma-yon yashay oladi, degan tasavvur targ'ib qilindi.

Isroilda diniy bayram kuni XAMAS qator shahar va qishloqlarni bosdi, 700 yahudiy o'ldirildi, o'nlab odam garovga olindi. Isroilga bunga javoban 7-oktabr kuni 400 dan oshiq falastinlikni yo'q qildi va G'azoni o'qqa tuta boshladi.

Isroil Mudofaa kuchlari vakili Nir Dinar hukumat XAMASdan bunday xuruj kutmaganini tan oladi.

"Ular bizga havo, quruqlik va yerdan tashlanishdi", - deydi zobit.

XAMASning Livandagi vakili Osama Hamdan deydiki, falastinliklar istasa, maqsadiga yeta oladi. "Isroil qanchalik qudratli bo'lmasin, Falastin ahli bosh egmaydi".
Hizbulloh XAMAS, G'arb Isroil tarafda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:55 0:00
XAMAS treninglarni aks etgan videolar chiqqanida ham Isroil hukumati e'tibordan qochiqgan, deydi tanqidchilar, vaholabki bu tayyorgarlikda nishon yahudiy mahallalari bo'lgan.
Bu orada XAMAS falastinlik ishchilar Isroilga bemalol kirib-chiqishi, u yerda pul topishi uchun sharoit bo'lishini ta'minlagan.

Oxirgi marta oradagi eng qonli to'qnashuvlar 2021-yilda yuz bergan edi. Shundan beri Isroil, XAMASning yana olshishga holi yo'q degan ishonch bilan, Falastin aholisi turmushini yaxshilash uchun harakat qila boshlagan edi, jumladan qurilishlar, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda ish o'rinlari taklif qilinayotgan edi.

"Odamlar yaxshiroq pul topib, bemalol ishlab yurgani sabab endi tinchlik bo'ladi deb o'ylagan edik", - deydi yahudiy rasmiy.

"XAMASning dardi tirikchilik va pul deb xulosa qilib, aldandik".

isroildan yaqinlarini qamoqdan ozod etishni talab qilayotgan falastinliklar, Ramalloh, 20-dekabr, 2022
isroildan yaqinlarini qamoqdan ozod etishni talab qilayotgan falastinliklar, Ramalloh, 20-dekabr, 2022

Jangarilar passivlashgani arablar orasida norozilikkka sabab bo'lgan. Iqtisodiy imtiyozlar bilan XAMASni tiyib qo'yishdi, degan dashnomlar yangrab turar edi.

Iordan daryosining g'arbiy qirg'og'ida Falastin rahbari Mahmud Abbos yetakchiligidagi Fath harakati o'tgan ikki yil davomida XAMASni sotilganlikda qoralagan. Yahudiy puli bilan ular qimmat mehmonxona va villalarda yashamoqda, deya gaplar tarqalgan.

Isroil hukumati nazarida Falastindagi bunday nizolar tabiiy hollar bo'lgan. E'tibor yahudiylarda emas, arablar o'zlari bilan ovora, deya tahlil qilingan.

Musulmon jangarilar faoliyatini keng va chuqur razvedka qila olishini aytib keladigan Isroil XAMASni bu safar eplay olmadi, deydi manbalar. 7-oktabrgi hamlada to'rt qismda 1000 dan ziyod jangari qatnashgani taxmin qilinadi.

"Naqadar ahmonlik bu - XAMAS tinchlik istaydi, deb ishonish. Biz bu xatoni aslo takrorlamasligimiz kerak. Biz XAMASni yo'q qilamiz, birdaniga bo'lmasa-da, astalik bilan".

G'azodan 3000 raketa otilgan paytda yerdan minglab piyoda chegarani buzib, yahudiy obyektlarini oqqa tutgan.

Natijada Isroil armiyasining G'azodagi boshqarmasi vayron qilingan, aloqa uzilgan.

Garovga olinganlar Isroil hududidan olib chiqib ketilgan.

Isroil hukumati oxirgi oylarda askarlarning bir qismini G'azodan G'arbiy sohilga ko'chirgan edi. XAMASga bu qo'l keldi, deydi rasmiylar.

Ekspert Dennis Ross deydiki, Isroil Falastinning boshqa yerlaridagi mojarolar bilan chalg'igan. Janubiy hududlardan ko'zni qochirmaslik kerak edi, deydi u.

"XAMAS endi bu hamlaning oqibatlari bilan yuzlashadi. Isroil uni qaqshatishga bel bog'lagan", - deydi Ross.

Isroilning iste'fodagi generali Yakov Amidror hukumatni "zaif razvedka va bo'sh harbiy choralarda" ayblaydi.

Amidror XAMASga aslo ishonmaslik kerak deb ogohlantirib kelgan yahudiy arboblardan biri.

"Naqadar ahmonlik bu - XAMAS tinchlik istaydi, deb ishonish. Biz bu xatoni aslo takrorlamasligimiz kerak. Biz XAMASni yo'q qilamiz, birdaniga bo'lmasa-da, astalik bilan", - deydi Amidror.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG