Breaking News

G'arb Isroilni "shartsiz" quvvatlaydi


Hizbulloh XAMAS, G'arb Isroil tarafda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:55 0:00

Hizbulloh XAMAS, G'arb Isroil tarafda

Livanda Hizbullohning yuzlab a'zolari Isroilga qarshi namoyishda

Bayrut ko'chalarida ular XAMASni quvvatlab, yahudiy davlatiga la'natlar aytmoqda.

Hizbulloh XAMASning Isroilga qarshi hujumlarini yoqlamoqda va dushman ustidan g'alaba qozonildi, deya hayqirmoqda.

Nafaqat Bayrut, balki boshqa shaharlarda ham shu kabi chiqishlar kuzatilmoqda.

Livanda qochqin sifatida yashaydigan falastinlar ham ko'chada. Mamlakat ulamolari ham Falastin va XAMAS tarafida.

Isroil G'azo sektoriga havo hujumlariga zo'r bermoqda, 7-oktabr, 2023
Isroil G'azo sektoriga havo hujumlariga zo'r bermoqda, 7-oktabr, 2023

G'arb Isroil tarafida, "shartsiz"

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh, Britaniya va Fransiya rahbarlaridan minnatdor.

"Bizni quvvatlab, siz adolat tomonida ekaningizni bildirayapsiz. Terrorizm va zo'ravonlikka hammamiz qarshimiz", - deydi Netanyaxu.

G'arb liderlari XAMASga qarshi kurashda Isroilni "shartsiz quvvatlaymiz" deya eslatib turibdi.

Isroil qamaliga qarshi bosh ko'targanini aytayotgan jangarilar esa ortga qaytmoqchi emas. Yahudiy bayrami nishonlanayotgan kunda o'nlab insonlar halok bo'lgan.

Isroil G'azo sektorida XAMASni nishonga olmoqda.

"Urushni XAMAS boshladi, lekin biz unda yutamiz. Badali og'ir bo'ladi",- deya ogohlantirmoqda Netanyaxu.

Birinchi kunning o'zidayoq Isroilda kamida 200 kishining yostig'i qurigan, 1100 dan oshiq odam jarohatlangan.

XAMAS o'nlab yahudiylarni, jumladan harbiy va noharbiy xizmatchilarni garovga olgan. Falastinda o'lganlar soni 200 ga yaqin, 1600 ziyod kishi yaralangan.

“Terrorizm hech qachon asosli emas. Isroil o'zini va xalqini himoya qiladi”, - deydi AQSh rahbari Jo Bayden.

Vashington yahudiy davlati bilan XAMASga qarshi yakdil va hamfikr, deydi prezident. Bayden Netanyaxu va Iordaniya qiroli Abdulla bilan bu mojaro yuzasidan muntazam muloqotda.

Urush arablarga emas, HAMASga qarshi, deydi Netanyaxu
Urush arablarga emas, HAMASga qarshi, deydi Netanyaxu

Isroil "XAMASni nishonga olmoqda, tinchli aholini emas"

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham Isroil rahbariyati bilan aloqada va yordam taklif qilmoqda.

XAMAS Isroilga qarshi oldin ham ko'p hujumlar qilgan, ammo bunisi kutilmagan isyon.

Harakat aynan yahudiy diniy ayyomida rejalangani Netanyaxu ma'muriyati va Isroil xalqini yanayam g'azabga keltirib, azaliy nifoqni keskinlashtirmoqda.

Bayden deydiki, bu urushda Isroilga nimaiki kerak bo'lsa, Amerika uni ta'minlaydi.

Falastin ahli va rahbariyati G'arbni uzoqni ko'zlab siyosat yuritishga, arab manfaatlarini ham hisobga olishga undamoqda.

Eng eziladigan tomon yana Falastin ahli bo'ladi, chunki u o'nlab yillardan beri tutqun sifatida yashamoqda, deydi G'azo sektoriga Isroil hujumlarini qoralayotgan tahlilchilar.

Narigi tarafga ko'ra esa Isroil XAMASga munosib javob berishga majbur. Urush, deydi ular, arablar bilan emas, terroristlar bilan.

Isroil rahbariyatining qayd etishicha, XAMAS nishonda, Falastinning tinch aholisi emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG