Breaking News

Falastin va Isroilning hamkor olimlari


Manar va Nina bilan bir necha daqiqa suhbatlashib, bu ikki tadqiqotchining o’zaro qalin rishtalari va hurmatiga shubhangiz qolmaydi. Ikkisi ham genetika bo’yicha olima: Manar sichqonlarda ko’rlik jarayonini, Nina esa ko’r ko’zni davolashni o’rganmoqda.

Ular falastinlik va isroillik tadqiqotchilarning hamkorlikdagi doktorlik ishini moliyalaydigan AQShniing STEP nodavlaty fondi stipendiantlari.

Manar Sharqiy Quddusda yashaydigan falastinliklardan, avvaliga dasturga qo’shilishni istamaganini aytadi.

Xalqaro hayot - 1-iyun, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:41 0:00

“Avvaliga dasturga qo’shilishim Isroil-Falastin nizolarida qarshi tomonni yoqlashga teng bo’lishini o’ylab dahshatga tushdim. Nina bilan muloqot chog’ida esa men qarshi tarafni, qarshi taraf meni qanchalar tushunayotganidan xayratlandim”, - deya hikoya qiladi Manar Salama.

Isroillik olima Nina Shnayder Manar bilan tanishgunga qadar biror falastinlik bilan jiddiy muloqot qilmaganini aytadi.

“Hamkorlik meni yangi olamga chorladi. Vaziyatni Manarning nigohlari bilan ko’ra boshladim. Bu mening siyosat va jamiyatga munosabatimni o’zgartirdi. Nazarimda, har bir isroillik, har bir yahudiy shunday imkoniyatga ega bo’lishi kerak”, - deydi u.

Ilmiy hamkorlik vositasida tinchlikni ta’minlashga qaratilgan STEP dasturiga amerikalik olim Allen Teylor va uning rafiqasi Kim Kronenberg asos solgan. Allen o’z tajribasiga tayanib, laboratoriyada hamkorlikda, umumiy stress ostida ishlash o’zaro qalin rishtalarni uyg’otishini aytadi. Dastur hamkorlari o’rtasida shakllangan do’stlik keng jamiyatga yoyilishidan umidvorligini ta’kidlaydi.

“STEP”ning uzoq muddatli maqsadi ko’proq olimlarni yetishtirib, ularning nufuzli pozitsiyalarni egallashiga erishish. Shunda ular ilmiy jamoatchilik va umuman jamiyatga ta’sir ko’rsatadi. Umid qilamanki, bunga kutganimizdan qisqaroq fursatda erishamiz”, - deydi u.

STEP dasturi doirasida Ahmad va Den o’rtasida ham samimiy do’stlik rishtalari uyg’ongan. Ular doktorlik ishini yozishda arab va ibroniy tillardagi manbalarni birgalikda tarjima qiladi. Den autizm bo’yicha izlanishda, Ahmad qandli diabet bo’yicha. Ular Ben Gurion universitetida xalqaro talabalar uchun o’quv kurslarini tayyorlashda ham hamkorlik qiladi.

“So’nggi ikki yilda bir guruh xorijlik talabalarga Isroil-Falastin chegarasida sog’liqni saqlash tizimining yutuq va kamchiliklari bo’yicha darslar o’tdik”, - deydi Den Veksler.

STEP dasturi a’zolari o’rtadagi qalin munosabat Isroil va Falastin siyosiy doiralariga ko’chishidan umidvor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG