Breaking News

Bayden Eronni ogohlantirdi: "AQSh kuchlarini tinch qo'ying"


Oyatilla Ali Hominiy Tehronda harbiylarni kuzatmoqda
Oyatilla Ali Hominiy Tehronda harbiylarni kuzatmoqda

Eronning mintaqaviy qudrati ortidagi kuchlar - Livanda Hizbulloh, G'azoda XAMAS, Yamanda Hutiylar, Iroqda esa shia jangalar. Tehron ularga homiy va buni hamkorlik deb ataydi.

Prezident Jo Bayden Eron oliy peshvosi Oyatilla Ali Hominiyni ogohlantirdi: Tehron Amerkaning Yaqin Sharqdagi kuchlariga tegmasin, ularni tinch qo'ysin, aks holda Vashington keskin choralar ko'radi. Oxirgi kunlar ichida Eron quvvatlovchi to'dalar AQSh askarlariga kamida 17 marta hujum qilgan.

Eronning BMTdagi vakolatxona munosabat bildirilmagan. Orada diplomatik aloqa yo'q ekan, Eron Amerikada elchixonaga ega emas.

Isroil-XAMAS urushi avjida ekan, AQSh bu mojaro mintaqaviy tus olishini ismaydi, deydi Bayden. Uning ma'muriyati Isroil tomonda, XAMASni terrorist tashkilot deb biladi.

AQSn mintaqadagi kuchlari sonini 900 ga oshirgan. Iroq va Suriyadagi askarlarga shu kunlarda dronlar va raketalar otilgan. Amerika tomon ularni urib tushirgan, ammo hujumlar davom etsa, chora ko'riladi, deydi Bayden. Aynan qanday chora, bu hozircha mavhum.

Oq uy, Vashington, 26-oktabr, 2023
Oq uy, Vashington, 26-oktabr, 2023

"Oyatullarni ogohlantirdim. Xurujlar tinmasa, biz javob beramiz. Bu Isroil bilan bog'liq emas", - deydi prezident.

Eron prezidenti Amerika da'volarini inkor etgan.

"AQSh rahbariyati kimni nimadan ogohlantirmoqda, biz bilmaymiz. Bizning bu ishlardan xabarimiz yo'q", - deydi Ibrohim Raisiy.

Biroq Oq uy barcha tegishli tomonlar, jumladan Livanda asoslangan va Eron qurollantiradigan Hizbullohga ham Vashintondan xat ketganini bildiradi. Maktubda, deydi rasmiylar, AQSh urush istamasligi bayon etiladi.

Eron rasmiy axborot agentligi IRNAda chiqqan sharhda Amerika bir tomondan Isroilni qurollantirib, ikkinchi tomondan boshqalarga buyruqlar bera olmaydi, deyiladi. Tehron nazarida AQSh allaqachon Yaqin Sharqdagi mojaro markazida va uning avj olishiga hissa qo'shmoqda.

IRNAdagi maqolada yana ta'kid bor: Tehron AQSh ishora qilayotgan guruhlarga buyruq bermaydi, ular mustaqil guruhlar va nima qaror qilishida Eronning qo'li yo'q.

XAMAS qo'lida 200 ga yaqin odam garovda ekan, Isroil hukumatiga ko'ra, unga qarshi hujumlar to'xtamaydi. AQSh XAMASga qo'shimcha sanksiyalar qo'ygan.

7-oktabrda beri tinmayotgan harbiy harakatlarda Falastin tomondan 7000 dan oshiq odam o'ldirilgan. Oq uyga ko'ra, bu raqam bo'rttirilgan. Rasmiylar urg'u beradiiki, axborot vositalari bu sonni mahalliy organlardan olmoqda, jumladan Falastin boshqaruvi, xususan G'azodagi mutassaddilardan, ya'ni XAMASga tegishli manbalardan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amirabdullahiyan BMTda so'zlar ekan, AQShni Isroilni quvvatlamaslikka chaqirib, falastinliklarga qarshi hujumlar tinmasa, Amerikaning qo'li ham qonga botadi, bu davlat urushdan qocha olmaydi, degan mazmunda ogohlantirdi.

Eronning mintaqaviy qudrati ortidagi kuchlar - Livanda Hizbulloh, G'azoda XAMAS, Yamanda Hutiylar, Iroqda esa shia jangalar. Tehron ularni harbiy jihatdan tayyorlaydi, ularning faoliyatiga homiylik qiladi va buni hamkorlik deb ataydi.

Joriy yilning 23-mart kuni AQSh Suriyada Eronga tayanadigan guruhlarning hamlasiga havo hujumlari bilan javob bergan edi. To'daning qo'rg'onlari yo'q qilingan. Bu jangarilar bir amerikalikni o'ldirib, besh askarni yaralagan edi.

XS
SM
MD
LG