Breaking News

Ukraina elektr stansiyalari himoyasini kuchaytirmoqda


Ukraina energetik tizimi qishga tayyormi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

Qish yaqinlashmoqda. Ukrainada elektr energiyasiga ehtiyoj yanada oshadi. Rossiya o’tgan yili mamlakat infratuzilmasini tinimsiz nishonga olib, elektr tarmoqlarining deyarli yarmini vayron qilgan edi.

Aleksandr - Ukraina milliy elektr kompaniyasi "Ukrenergo" xodimi.

“Ortimdagi - o'tgan yili rus dronining hujumiga uchragan transformator. Yong‘in bir necha kundan so‘ng o‘chirildi, shunday asbob-uskunaki, uzoq yonadi”, - deydi ishchi.

Bu podstansiya raketalar nishoniga aylangan yagona inshoot emas. Ukraina rasmiylariga ko’ra, o’tgan yili mamlakat energetika tizimining yarmi Rossiya hujumiga uchragan.

"Bu osongina tuzatsa bo’ladigan zarar emas. Butun bir energobloklar, texnika joylashgan xonalar vayron bo’ldi. Ukrainadagi har bir yirik elektrostansiya, termal va gidrostansiyalarga zarar yetdi", - deydi “Ukrenergo” bosh direktori Volodimir Kudritskiy.

Ta’mirlash ishlari hali ham davom etmoqda.

“Qish davomida ishladik. Ta’mirladik, bir oy o'tgach, yana ikki raketa kelib tushdi”, - deydi Aleksandr.

Energetika infratuzilmasini ta'mirlash murakkab va uzoq davom etadigan jarayon. Ehtiyot qismlarini topish oson emas, oylab kutishadi.

“11-sentabrda birinchi transformator yetib keldi, uni ishlab chiqarishga to‘qqiz oy ketdi. Bizga o'nlab transformatorlar kerak", - deydi Energetika sanoati tadqiqot markazi direktori Aleksandr Xarchenko.

Shunday bo’lsa-da, ta’mirlash mumkin bo’lgan hamma narsa ta’mirlangan. Rasmiylar Ukraina urush sharoitida vaziyatdan qanday chiqishni allaqachon o’rganib olganini aytadi.

“Havo hujumidan mudofaa tizimini yaxshiladik. Tashkiliy jihatdan ancha tayyormiz, tajribamiz bor endi. Biz dunyoda hech kim duch kelmagan vaziyatlarni ham qanday hal qilishni bilamiz endi”, - deydi Kudritskiy.

Rasmiylarning aytishicha, energiya stansiyalarida yangi maxfiy himoya vositalari o'rnatildi, elektr ta'minotida uzilishlar kamroq bo'lishiga umid bor.

XS
SM
MD
LG