Ukraina kasalxonalari jarohatlangan askarlar bilan to’lib-toshgan. Ba’zilari harakatlana olmaydi, to’shakka mixlangan. Kiyimlarini kiyib-yechish ham mushkul. Ko’ngillilar ana shunday bemorlar uchun maxsus moslashuvchan kiyimlar tikmoqda. Talab ko’p, deydi ular.