Breaking News

Yevropa va arablar: Falastin mustaqil bo'lishi shart


Yevropa Ittifoqi va arab davlatlari rasmiylari Barselonada maslahatlashib oldi, 27-noyabr, 2023
Yevropa Ittifoqi va arab davlatlari rasmiylari Barselonada maslahatlashib oldi, 27-noyabr, 2023

Isroil-Falastin ixtilofi barham topishi uchun Falastin mustaqil davlatga aylanishi shart, deya qayd etmoqda Yevropa Ittifoqi va arab davlatlarining Barselonada uchrashgan vakillari.

Ularga ko'ra, G'azoni XAMAS emas, Falastin ma'muriyati boshqarishi kerak.

AQSh ham shunday pozitsiyada. Vashingtonga ko'ra, G'azoda yangi xavfsizlik tizimi shakllanishi, unga Falastin ma'muriyat bosh-qosh bo'lishi va xalqaro hamjamiyat u bilan yaqindan ishlashi lozim.

Barselonadagi maslahatlashuvda ta'kidlanishicha, Falastin ma'muriyati saylov o'tkazishi, yangicha boshqaruvga o'tishi va demokratik qadamlar tashlashi zarur.

Iordaniya Tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy deydiki, kelajakni Falastin xalqining o'zi hal etishi kerak. Iordan daryosining G'arbiy sohili va Ga'zo bir hudud sifatida qarala boshlashi lozim.

Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy deydiki, XAMAS 2007-yildan beri G'azoda hukmron bo'lsa-da, Falastin ma'muriyati ham u yerda o'z xodimlariga ega.

"Biz G'azoni hech tark etmaganmiz. 60 ming odamimiz bor hududda", - deydi al-Malikiy.

43 davlatdan iborat blok, xususan Yevropa, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarini o'z ichiga olgan uyushma, shu tariqa navbatdagi yig'inini o'tkazdi.

Isroil unda qatnashmadi. Saudiya Arabistoni Arab Ligasi va Islomiy hamkorlik tashkiloti nomidan so'zlagan.

Isroil va XAMAS hali ham otashkesimda. Lekin urush hafta oxiriga borib yana avj olishi kutilmoqda.

7-oktabrdan beri G'azoda Isroil hujumlaridan hozirgacha 15 mingga yaqin falastinlik halok bo'lgan. XAMAS 1200 isroillikni o'ldirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG