Breaking News

O'zbekistonda Meksika orqali AQShga yuborishni "va'da qilganlar" hibsda


O'zbekistonliklarni katta pul evaziga Meksika orqali AQShga yuborish bo'yicha Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) olib borgan amaliyotlar natijasida bir necha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Kamida to'rt shaxs hibsda.

Samarqandda Amerikaga yetib olasan, deya va'da qilib, 25 ming dollar so'raganlikda gumon qilingan shaxs, rasmiy bayonotda qayd etilishicha, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 15 ming dollar olgan vaqtda ushlangan.

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida ikki shaxs yurtdoshlarini Turkiya-Armaniston-Nikaragua-Meksika yo‘nalishi orqali AQShga yuborish uchun 23 ming dollar talab qilib, oldindan 12 ming dollar olganlikda gumon qilinmoqda.

DXX Farg‘ona viloyatida ham bir fuqarodan AQShga yuborish uchun 10 ming dollar olgani iddao qilinayotgan kishini ushlagan.

AQSh hukumati Meksika bilan chegaradan noqonuniy o'tishga harakat qilganlar orqaga qaytariladi, deya ogohlantirib keladi. Deportatsiyalar soni oshgan.

"Amerika Ovozi" bilan suhbatlarda Toshkentdagi Bosh konsul Rob Romanovski o'zbekistonliklarni qonuniy yo'llardan borishga undaydi.

Pul evaziga Amerika chegarasiga yetkazish bilan shug'ullanuvchilarga nisbatan AQSh boshqa davlatlar bilan hamkorlikda choralar ko'rmoqda.

Meksika orqali kirishga AQSh konsuli nima deydi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:27 0:00
Meksika orqali AQShga: Toshkentda Migrant.uz bilan muhokama
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:32:07 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG