2023-yilning so’nggi oyi - dekabr Ukraina taqdirini hal qiluvchi pallaga aylanyapti. Yevropa Ittifoqi 14-15 dekabrdagi sammitida Ukrainaning ittifoqqa a’zoligi bo’yicha qaror qabul qiladi. AQShda esa Kiyev uchun atalgan milliardlab dollar mablag' Kongress tasdig'idan o'tgani yo'q.