Breaking News

Rossiya qamog'ida Putin tanqidchisi Aleksey Navalniy vafot etdi


Rossiyada 2021-yildan beri uzoq muddatli qamoq jazosini o’tayotgan muxolifatchi Aleksey Navalniy bugun 47 yoshda vafot etgan.

Xalqaro hayot - 16-fevral, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:14 0:00


Bundan bir kun oldin teleko’prik orqali sudga murojaat qilgan Navalniy, qamoqxona mutasaddilariga ko’ra, sayr paytida o’zini yomon his qilib, hushidan ketgan.

Bir necha oy burun Navalniy Moskvadan salkam 1900 kilometr naridagi Yamal-Nenets muxtor viloyatidagi koloniyaga ko’chirilgan edi.

AQSh va Yevropa rahbarlari Navalniyning o’limiga zudlik bilan munosabat bildirib, bu ishda Putin tuzumini aybladi.

Xususan AQSh Prezidenti Jo Bayden voqeadan ajablanmasligini, balki g'azabda ekanini aytdi:

“U korrupsiya, zo'ravonlik va Putin hukumatining hamma yomon ishlariga qarshi mardonavorlarcha kurashdi. Navalniyning o'limiga Putin mas'ul", - dedi Bayden.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenga ko’ra, Navalniyning o’limi Kremlning bir kishidan qo’rquvini, Putin yaratgan tizimning zaifligini ko’rsatmoqda.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga tashrifi chog’ida aytishicha, Navalniyni Putin yo’q qilganiga shubha yo’q.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi G'arb dunyosi Navalniyning o'limi sabablarini bilmasdan turib Kremlga qarshi baralla xulosa chiqarganini asl maqsadini oshkor etish deb ta'rifladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG