Issiq buloqlardan o’nlab yillardan buyon elektr energiyasi olinadi, ammo bu texnologiyani faqat buloqlar mavjud joylarda ishlatish mumkin. Yuta shtatida geologlar yangicha sinov o’tkazmoqda.
An’anaviy texnologiya Yer qobig’idagi issiq buloqlarga tayanadi. Ya’ni turbinalar bug’dan harakatlanib, elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Ammo bu, issiq buloqlar Yer sathiga yaqin bo’lishiga bog’liq.
AQSh Energetika vazirligi olib borayotgan loyiha uchun Yutada tanlangan joyda yer ostida yuqori haroratga ega tog’ jinslari mavjud.
“Ishlash prinsipi quyidachicha. Issiqlikka yetib borish uchun ikkita quduq burg’ulab, quvurlarni tushiramiz. Gidravlik yoriqlar orqali quvurlar bir-biriga ulanadi, maqsad issiqlik almashinuvini hosil qilish. Bir quduqqa quyilgan sovuq suv yoriqlar bo’ylab harakatlanadi va qaynoq suv sifatida ikkinchi quvur orqali yuqoriga ko’tariladi”, - deydi professor Jon Maklenan, loyihaning texnik rahbari.
Bu suv bug’idan yuqoridagi turbinalar harakatlanib, elektr energiyasi ishlab chiqaradi. 220 million dollarlik loyiha va ilmiy tadqiqotlar Bayden ma’muriyatining 2050-yilgacha uglerod chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan tashabbuslari doirasida olib borilmoqda.
“Ikkita quduq burg’uladik. Bu ishlarni olib borish uchun 1-1,5 gektar maydonda ishlayapmiz”, - deydi Maklenan.
Biz qayd etayotgan ko’rsatkichlar boshqa mamlakatlardagi olimlarda ham qiziqish uyg’otdi, deydi loyiha menejeri Jo Mur.
“Tasavvur qiling, bu texnologiya isbotlansa, bunday geothermal inshootni istagan joyda qurish mumkin bo’lsa!”.
Geotermal energiya 2050-yilga borib AQSh elektr energiyasining 8,5 foizini ta’minlashi mumkin.