Breaking News

Olimlar kosmosda yer suvi va havosini o'rganmoqda


Kosmosdan turib suv va havoni o'rganayotgan loyiha
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:09 0:00

NASA va “SpaceX” kompaniyasi sayyoramizning sog'lig'ini o'rganish uchun o’zaro hamkorlik qilmoqda. Bunday darajadagi tadqiqot ilgari bo’lmagani aytilmoqda.

“SpaceX” kompaniyasining “Falcon 9” raketasi Florida shtatidagi fazo markazida NASAning "PACE" deb nomlangan Yerni kuzatuvchi sun'iy yo'ldoshini orbitaga olib chiqdi.

Bu missiyadan maqsad yer havosi va suvini o’rganish.

“NASAning “PACE” missiyasi dengiz va osmonimizni oʻrganishga kiritilgan navbatdagi katta sarmoyadir. Bu, ayniqsa, atmosferadagi changlar, dengizdagi ifloslanish, vulqon kuli kabi zarralar sifatida namoyon bo'ladigan mikroskopik, ko'pincha ko'rinmas olamni qidirish uchun mo'ljallangan”, - deydi loyiha tadqiqotchisi Jeremi Verdel.

Olimlarning aytishicha, biz nafas oladigan kislorodning 50 foizini okeandagi fitoplankton deb ataluvchi mayda organizmlar ishlab chiqaradi.

“Sun’iy yo’ldosh missiyasi orqali biz bu organizmlar jamiyatiga kirishimiz mumkin. Ularning qanday turlari, foydalari bor va ular makon va vaqt kesimida qanday o'zgarib borishi va zararli turlarining tarqalishi haqida o’rganamiz”, - deydi Verdel.

Bu olimlarga iqlim o'zgarishining sayyoramizga ta'sirini chuqurroq tushunishda yordam beradi. Shu asosda ularning salbiy ta'sirini yumshatishga yordam beradigan siyosiy qarorlar qabul qilinadi.

PACE, shuningdek, yangi texnologiyalarni rivojlantirishga yordam berishi kutilmoqda.

“Kuzatuv bortidagi jihozlar shu qadar inqilobiyki, u yerda ko'p kashfiyotlar amalga oshiriladi. Ularning hajmi va axborotning ko’pligi ilmiy jamiyatlarimizda uyg’onishga turtki beradi. Bu sun’iy intellekt asosida ma’lumotlarni boshqarishda qo’l keladi”, - deydi olim.

Sun’iy yo’ldosh kosmosda uch yil qolish uchun mo'ljallangan. Ammo olimlar missiya kamida o'n yil davom etishiga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG