Breaking News

Hisobot: global yetakchilik reytingida AQSh Xitoydan oldinda


AQSh va Xitoy yetakchilari
AQSh va Xitoy yetakchilari

“Gallup” o’tkazgan so’rovga ko'ra, AQSh rahbariyatining global obro’si Xitoynikidan yuqori. Hisobotda aytilishicha, AQSh rahbariyatini qo'llab-quvvatlovchi mamlakatlar ko’p bo’lsa-da, 2023-yilda AQSh va Xitoyni global qo'llab-quvvatlash miqdori kamaygan.

Shuningdek, AQShning jahondagi reytingi Oq uyga qaysi partiya vakili kirib kelishiga qarab o’zgarib turishi aniqlangan. 20 yillik maʼlumotlarning koʻrsatishicha, Demokratik yetakchilik respublikachilar yetakchiligiga qaraganda koʻproq global qoʻllab-quvvatlovga ega.

2023-yilgi so‘rovda qatnashgan 133 davlatdan 81 tasida, Xitoy esa 52 tasida ustunlikka ega bo’lgan. Kosovoda AQSh eng katta ustunlikni ko’rsatgan, Xitoyni qo’llab-quvvatlash darajasi eng yuqori bo’lgan davlat esa Rossiya.

Yetakchilik bo’yicha ijobiy natija mamlakatning ta'sir o'tkazish qobiliyati uchun muhim, deyiladi “Gallup” hisobotida.

"Boshqa omillarni doimiy ravishda ushlab turgan holda, manfaatdor mamlakatda sof ma'qullash ustunligiga ega bo'lgan kuch o'z maqsadlarini amalga oshirish uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'lishi mumkin", - deyiladi unda.

AQSh aniq ustunlikka ega bo'lishiga qaramay, Xitoyni ham, AQShni ham qo'llab-quvvatlash kamaygan va bu, “Gallup” hisobotiga ko’ra, "ikki global kuchga nisbatan ishtiyoq yo'qligidan dalolat beradi".

Ikkala davlat rahbariyatini qo'llab-quvvatlash pasayganiga qaramay, AQSh va Xitoy dunyoning muayyan qismlarida tegishli uzoq muddatli yutuqlarga erishgan. Xitoy Tanzaniya, Uganda, Janubiy Afrika va Malavi kabi Afrika mamlakatlarida obro’sini yaxshilagan. AQSh esa Hindiston, Filippin, Janubiy Koreya va Vyetnam kabi Osiyo mamlakatlarida qo’llab-quvvatlovni kengaytirgan.

Hisobotga ko'ra, "Xitoyning o'z qo'shnilariga nisbatan agressiv siyosat yuritishi bu mamlakatlarni AQSh orbitasiga yaqinlashtirgan".

Bu yil tarixdagi eng yirik saylov yili bo'lishi kutilyapti. 50 dan ortiq mamlakatda dunyo aholisining yarmidan ko'pi saylovlarda qatnashadi.

AQSh-Xitoy munosabatlarining murakkab tarixi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:36 0:00

“Gallup” hisoboti hammuallifi Juli Reyning aytishicha, bu yilgi saylovlarning ta'sirini oldindan aytish qiyin.

AQSh rahbari Jo Bayden 30 mingdan ortiq falastinlikni o'ldirgan G'azodagi urush davomida Isroilni qo'llab-quvvatlagani uchun mamlakat ichkarisida va xorijda tanqidlarga keskin tanqidlarga uchramoqda. Xamas jangarilari 7-oktabr kuni Isroil janubiga o‘tib, 1200 kishini o‘ldirgan va 250 ga yaqin odamni garovga olgandan so‘ng Isroil G’azo sektoriga nisbatan keng miqyosli urush boshlagan edi.

Reyga ko’ra, Vashington G’azo urushida Isroilni qo‘llab-quvvatlashi ortidan AQShning Isroildagi reytingi “rekord darajada” ko’tarilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG