Breaking News

AQSh-Xitoy munosabatlarining bugungi holati


AQSh moliya vaziri Janet Yellen Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifeng bilan
AQSh moliya vaziri Janet Yellen Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifeng bilan

Yaqinda Tayvan bo’g’ozi sarhadlarida Xitoy harbiy kemasi AQSh harbiy kemasi yo’lini kesib o’tgani dunyoning ikki qudratli mamlakatlari o’rtasidagi ixtiloflar va tarang vaziyatni yanada kuchaytirdi.

Ana shunday nozik vaziyatda AQSh moliya vaziri Janet Yellen o’tgan hafta oxirida rasmiy tashrif bilan Pekinda bo’ldi. Muzokaralar chog’ida savdo, iqlim va josuslikka doir masalalar muhokama qilindi. Tomonlar o’rtasida qisman murosa bor, biroq Yellenga ko’ra, oldinda jiddiy masalalar ko’p.

Xalqaro hayot - 10-iyul, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:01 0:00

“AQSh va Xitoy o’rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud. Ular aniq va oshkora muhokama qilinishi lozim. Prezident Bayden va men bu ixtilofga katta kuchlar o’rtasidagi to’qnashuv sifatida baho bermayapmiz. Dunyo har ikki mamlakat gullab-yashnashi uchun yetarli makon”, - dedi vazir.

Yellenning tashrifi AQSh va Kanada havo hududlarida josuslik missiyasini bajargan Xitoy sharining urib tushirilganidan bir necha oy o’tib amalga oshirildi. Xitoy AQShning sharni nishonga olishini o’ta keskin chora sifatida qoralagan edi.

Bu mavzuni Yellen bilan uchrashuvda Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifeng ko’tardi.

“Afsuski, sharning urib tushirilishi kabi qator kutilmagan holatlar AQSh-Xitoy munosabatlarini, xususan ikki mamlakat liderlari o’rtasidagi murosani izdan chiqardi. Umid qilamizki, AQSh tomoni oqilona va amaliy yo’l tutib, qaror chiqarsihdan avval Xitoy tomoni bilan uchrashadi, aloqalarni yaxshilash uchun intiladi”, - dedi Lifeng.

Yellenning ta’kidlashicha, muzokara oshkora ruhda o’tgan, ayniqsa, iqlim masalalari bo’yicha.

“Dunyoning ikki yirik iqtisodi sifatida iqlim muammolari bo’yicha hamkorlikda ishlashdan birday manfaatdormiz. Dunyo ham buni bizdan kutmoqda. Iqlim global muammolar ro’yxatida birinchi o’rinda. AQSh va Xitoy bu tahdidga qarshi birlashishi kerak”, - dedi Yellen.

Zotan, har ikki tomon ham yirik diplomatik burilish yuz berishini kutmagan. Yellening tashrifi aloqalar rostmana sovugan davrga to’g’ri keldi. O’tgan oy Wall Street nashri Xitoy Kubada AQShdan maxfiy ma’lumot to’playdigan josuslik markazini tuzish bo’yicha kelishuvga erishgani haqida yozgan edi.

Boz ustiga, AQSh Prezidenti Jo Bayden yaqinda Xitoy rahbari Si Zinpinni diktator deb atagani ham Pekinni ranjitgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG