Breaking News

Baydenning yangi rejasi yarim million kishini AQSh fuqarosiga aylantirishi mumkin


Kaliforniya shtatida fuqarolikka kirish marosimi, 15-fevral, 2024
Kaliforniya shtatida fuqarolikka kirish marosimi, 15-fevral, 2024

Prezident Jo Bayden saylovdan oldin qimmatga tushishi mumkin bo'lgan immigratsion siyosat olib bormoqda. Bir tomondan u noqonuniy kirib kelayotganlarni chiqarib yuborish va chegaradan kamroq odamni o'tkazish payida. Ikkinchi tomondan esa allaqachon Amerikada yurganlarga qonuniy maqom berishga qaror qilgan.

Oq uy 18-iyun kuni e'lon qilishicha, AQSh fuqarolarining umr yo'ldoshlarini doimiy rezidentga va shu tariqa fuqaroga aylanishi osonlashadi. Bu ayni damda yarim million odamga ta'sir qilishi kutilmoqda.

Bu imkoniyatdan foydalanish uchun immigrant Amerikada kamida 10 yil yashagan va fuqaro bilan turmush qurgan bo'lishi kerak. Uch yil ichida grin-kartaga topshirishi mumkin, ishlashga ruxsat ham oladi va deportatsiya qilinmaydi.

Fuqaro bilan nikohga kirgan insonlar ham bu qarordan foyda ko'radi va ularning qariyb 50 ming hujjatsiz farzandi.

Nikoh qachon qayd etilgani cheklanmagan, ammo qaror chiqqan kundan oldin oila qurilgan bo'lishi shart, ya'ni odamlar hujjat olish uchun endi fuqaro bilan oila qura olmaydi.

Kelasi oylarda hukumat yuzlab ming arizalar kutmoqda. Prezident Bayden bu borada qo'shimcha bayonot berishi ham kutilmoqda. Deportatsiya, hujjatsiz migrantlarning bolalari taqdiri hamda mehnat qilish imkoniyati bilan bog'liq muammolar Oq uy oldidagi eng og'ir masalalardan,

Bayden ma'muriyati Kongressdagi demokratlardan bu qarorni quvvatlashni so'ramoqda.

Bayden yosh immigrantlarga ish vizasi berishni ham osonlashtirmoqchi. Oldingi prezidentlar hal qila olmagan jumboqlarni hozirgi rahbar qolgan muddati davomida bartaraf eta oladimi degan savol muhokamada.

Amerika fuqarosiga uylangan yoki erga tekkanlar uchun o'xshash imkoniyatlar oldindan bor. Bayden qarori qanchalik yangi?

Barak Obama prezidentligi davrida va undan keyin ham ma'muriyatda ishlagan Andrea Flores hozirda immigratsiya huquqlarini himoya qiluvchi nohukumat tashkilot, FWD.us vitse-prezidenti.

Obamadan qolgan siyosat endi yanayam oydinlashmoqda, deydi u, ya'ni amerikalik bilan oila qurib ham hujjat ololmayotgan bo'lsangiz, hukumat endi sizning ishingizni tezroq ko'rib chiqadi. Turmushingiz fuqaro bilan bog'langan bo'lsa, hujjat olishingiz ehtimoli yuqori.

Bayden iyun oyi boshidan beri chegaraga kelib boshpana so'rayotganlar sonini kuniga 2500 odamga cheklab qo'ygan. Oq uyga ko'ra bu allaqachon samara bermoqda, Meksika bilan chegaradosh hududlarda migrantlar soni kamaygan.

Immigratsiya huquqlari himoyachilari nazarida esa Amerika xalqaro majburiyatlarini ado etishi kerak, ya'ni chegaraga kelib najot so'rayotganlarning dardini tinglashi shart.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG