Breaking News

Xitoy va Rossiya: Janubi-sharqiy Osiyoda "tashqi kuchlar"ga birga qarshi turamiz


Rossiya va Xitoy tashqi ishlar vazirlari Laos poytaxti Vyentyanda uchrashmoqda.
Rossiya va Xitoy tashqi ishlar vazirlari Laos poytaxti Vyentyanda uchrashmoqda.

Xitoy va Rossiya tashqi ishlar vazirlari janubi-sharqiy osiyolik hamkasblari bilan uchrashib, Vashingtonning bosh diplomati kelishidan bir kun oldin “mintaqadan tashqari kuchlar”ga qarshi turishga va'da berishdi.

Van I va Sergey Lavrov Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) blokining 10-aʼzosi boʻlgan Laos poytaxti Vyentyan shahrida oʻtkazilgan uch kunlik yigʻilishda ishtirok etdi.

Har ikki vazir blokdagi hamkasblari bilan muzokaralar o'tkazdi, Van esa Britaniyaning yangi Tashqi ishlar vaziri Deyvid Lammi bilan ham uchrashdi.

Van va Lavrov “mintaqadan tashqaridagi kuchlarning Janubi-Sharqiy Osiyo ishlariga aralashishdagi har qanday urinishlariga qarshi birgalikda ishlash”ga kelishib oldi, - deb xabar berdi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.

Shuningdek, Lavrov o'z bayonotida Yevrosiyoda “yangi xavfsizlik arxitekturasi”ni amalga oshirishni muhokama qilganliklarini aytib o'tdi.

Xitoy davlat axborot agentligi “Sinxua” ma'lumotlariga ko'ra, Van Pekin "Rossiya bilan birgalikda ishlashga, bir-birini qat'iy qo'llab-quvvatlashga va bir-birining asosiy manfaatlarini himoya qilishga” tayyor ekanligini aytgan.

Xitoy Rossiyaning yaqin siyosiy va iqtisodiy ittifoqchisi bo'lib, NATO a'zolari Pekinni Moskvaning Ukrainadagi urushida “hal qiluvchi yordamchisi" deb atashadi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Vyentyanda ASEAN tashqi ishlar vazirlari bilan ham muzokaralar o’tkazdi.

Blinken Vashingtonning Osiyodagi ittifoqlarini “erkin va ochiq” Hind-Tinch okeani mintaqasini rivojlantirish yo’lidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirdi. Bu esa Xitoy va uning intilishlari yo’liga to’siq bo’lmoqda.

Pekin Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibining aytishicha, Van va Blinken Laosda uchrashib, “umumiy manfaatlarga xos masalalar bo‘yicha fikr almashgan”.

Janubiy Xitoy dengizidagi mojaro

Van, shuningdek, ASEAN mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashib, Pekinning mintaqa bilan iqtisodiy aloqalari mustahkamlanishini olqishladi.

Odatiy o’zaro qoʻl siqish marosimida Van Myanma vakili, tashqi ishlar vazirligining doimiy kotibi Au Kyav Monin yonida turdi.

ASEAN bloki Myanma harbiy hukumatini 2021-yilgi davlat to‘ntarishi va mamlakatni tartibsizlikka olib kelgan muxolifatga qarshi bosimlari uchun yuqori darajadagi uchrashuvlardan chetlatgan edi.

Lavrov, shuningdek, ASEANdagi hamkasblari bilan Vyentyandagi maydonda uchrashdi, biroq jurnalistlarning savollariga javob bermadi.

ASEAN vazirlari hafta so’ngidagi uchrashuvlar ortidan qo‘shma bayonot e’lon qildi.

Ushbu bayonotda blok Myanmadagi gumanitar inqirozni zudlik bilan hal qilish zaruratini ta’kidlab, "Myanmadagi barcha tegishli tomonlarni insonparvarlik yordamini xavfsiz va shaffof yetkazib berilishni ta'minlashga chaqirdi.

Pekin har yili trillionlab dollarlik savdo o'tadigan suv yo'liga deyarli to'liq egalikni da'vo qilmoqda, ammo xalqaro sud uning da'volarini hech qanday huquqiy asosi yo'q deya rad etgan.

Janubi-sharqiy Osiyoning bir necha mamlakatlari shu kabi da'volarga ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG