Breaking News

Demokratlar qurultoyining ikkinchi oqshomi qanday o'tdi?


AQShning 44-prezidenti Barak Obama rafiqasi Mishel Obama bilan Demokratlar Milliy qurultoyida, Chikago, 20-avgust, 2024.
AQShning 44-prezidenti Barak Obama rafiqasi Mishel Obama bilan Demokratlar Milliy qurultoyida, Chikago, 20-avgust, 2024.

Demokratlar qurultoyining ikkinchi oqshomida sobiq prezident Barak Obama so’zladi.

“Amerika yangi, yaxshiroq davrga, Kamala Harris prezidentligiga tayyor”, - dedi u.

Obama Harrisni respublikachi raqibi Donald Tramp bilan solishtirdi.

“Kamala Harris shaxsiy dardi emas, xalq dardi bilan ishlaydi. Prezident sifatida faqat o’z tarafdorlariga xizmat qilish bilan cheklanmaydi, o’ziga itoat qilmaganlarni jazolamaydi. Har bir amerikalik uchun jon kuydiradi”, - dedi sobiq prezident.

Xalqaro hayot - 21-avgust, 2024
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:35 0:00

Obamani sahnaga taklif etgan rafiqasi Mishel saylov poygasiga kechroq kirishgan Harrisni demokratlar faolroq qo’llab-quvvatlashi lozimligiga urg’u berdi.

“Mamlakat Kamalani saylaydimi degan qo’rquvni bas qilib, uning saylanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish kerak”, - dedi sobiq birinchi xonim.

Demokratlar allaqachon ilk qora tanli va osiyolik ayol Harrisni rasman prezidentlikka nomzod sifatida tanlagan.

Partiya siyosiy sahnada tarixiy o’zgarish yasashi mumkin.

Harris o’ziga ovoz bergan delegatlarga minnatdorchilik izhor qildi.

Qurultoyda Harrisning turmush o’rtog’i ham so’zga chiqdi.

“Harrisning liderligi qayerlik ekanimiz, qiyofamizdan qat’i nazar, o’z e’tiqodimiz uchun kurash bizga kuch berishini ko’rsatmoqda”, - dedi Dag Emhoff.

Qurultoyda, shuningdek, Harrisni dastaklayotgan respublikachi rasmiylar va Tramp ma’muriyatining sobiq vakillari ham so’zladi.

“Tramp cheksiz iqtisodiy o’sish, sanoatni tiklash, chegara xavfsizligini ta’minlashga doir quruq va’dalar bergan”, - dedi Mesa shahrining respublikachi meri Jon Jayls.

Bugun – 21-avgust oqshomida Minnesota gubernatori Tim Uolz rasman vitse-prezidentlikka nomzodlikni qabul qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG