Breaking News

AQShda demokratlar partiyasining qurultoyi. 1-kun tafsilotlari


Prezident Bayden Demokratlar partiyasi qurultoyida, Chikago, 19-avgust, 2024-yil
Prezident Bayden Demokratlar partiyasi qurultoyida, Chikago, 19-avgust, 2024-yil

Demokratik partiyaning Chikago sharida boshlangan qurultoyida dushanba oqshom so’zlagan AQSh Prezidenti Jo Bayden o’rinbosari Kamala Harrisning prezidentlikka nomzodini qo’llab-quvvatlashini bildirdi.

Xalqaro hayot - 20-avgust, 2024-yil - AQShda Demokratlar partiyasining qurultoyi. 1-kun
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:48 0:00

“U farzandlarimizga o’rnak bo’ladigan rahbar bo’ladi. U dunyo rahbarlari hurmatiga sazovor prezident bo’ladi va uni hozir ham hurmat qilishadi. Barchamiz faxrlansak arziydigan, Amerika kelajagiga o’z muhrini qo’yadigan tarixiy prezident bo’ladi”, - dedi Bayden.

AQSh rahbari partiyaviy tanlovda osonlikcha yutganiga qaramay, ayrim partiyadoshlari uning ulug’ yoshi va sog’lig’idan xavotirga tushib, Baydenni saylov poygasini tark etishga ko’ndirdi.

“Jo Bayden bir muhlatlik prezident. Demokratik partiya sardorlari uni poygadan chiqishga majburladi. Partiyaviy tanlovda, praymerizlarda g’alaba qozonganiga qaramay, undan hozir vitse-prezident Kamala Harris nomzodini hayajon bilan qo’llab-quvvatlash so’raldi. Bu uning uchun ziddiyatli ekanini tushunish uchun Zigmund Freyd bo’lish shart emas”, - deydi Tennesi shtatida joylashgan Vanderbilt universitetidan olim Tomas Shvars.

Saylovda Respublikachilar partiyasidan nomzodini qo'ygan AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Baydenning saylov kampaniyasidan chiqishini to’ntarish deb atadi.

“Uni poygadan chiqishga majburlashdi. To’ntarish bo’ldi. Mamlakatimiz tarixida ilk to’ntarish”, - dedi Tramp.

Qurultoy bo’layotgan binoning tashqarisida minglab odam Isroilning G’azodagi urushiga hamda AQShning Isroilga harbiy yordamiga qarshi namoyish qildi.

"Bu gal kimga ovoz berishimni hali bilmayman. O’tgan safar bergan ovozimga pushaymonman, chunki ovozimni hozir xalqimni qirayotgan odamlar oldi, shunga o’zimni aybdor his qilyapman, xuddi mening ham bunda qo’lim bordek. Siyosatga kirgan ko’p odamlarning pulga sotilayotgani, ularga nima deyish, nimaga ishonish kerakligini aytishayotgani afsuslanarlidir, garchi ular qarshi fikrga ega bo’lsa-da. Juda ko’p quruq va’dalar berildi”, - deydi Farah Ashram ismli amerikalik-falastinlik.

Baydenning ma’ruzasi paytida odamlar qurultoy binosining ichida ham namoyish qilishga harakat qildi, “Isroilni qurollantirishni bas qiling” degan plakat ko’tarib chiqdi.

Bayden namoyishchilarning qahri asosli ekanini aytdi.

"Ko’chadagi odamlar haqli. Har ikki tarafda ko’p begunoh insonlar o’ldi”, - dedi u.

Bayden G’azoda otashkesimga erishishga qaratilgan harakatlar surunkali davom etayotganini aytdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG