Breaking News

Amerikada demokratiyani ag’darish osonmi?


AQSh Prezidenti Jo Bayden va uning demokrat partiyadoshlari respublikachilardan prezidentlikka nomzod Donald Trampni demokratiyaga tahdid deb atagan, saylovda g’alaba qozonsa, demokratik institutlarni barbod qiladi deya ogohlantirmoqda. Tramp esa qayta saylanmasa, demokratiya tugashiga ishora qilmoqda. Amerika prezidentida demokratiyani yo’q qilish vakolati bormi?

Xalqaro hayot - 30-iyul, 2024-yil - Venesuela saylovida aslida kim g'olib?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:10 0:00


AQSh Konstitutsiyasida hokimiyatning uchta tarmog’i belgilangan – prezidentlik ijro etuvchi, Vakillar palatasi va Senat qonun chiqaruvchi hamda Oliy sud va boshqa sudlar sud hokimiyatidir. Har bir tarmoq boshqalarini nazorat qiladi. Hokimiyatlarning bunday bo’linishi Amerika demokratiyasining yuragidir.

“Prezident Trampning, qayta saylansa, tashqi chegaralarni, shu jumladan, avvalgi prezidentlar bo’lgan joylardan tashqarisini ham tekshirishga faraz qilingan tayyorligi tufayli biz noma’lum suvlarni kezmoqdamiz”, - deydi Ratgers universitetidan Ronald Chen.

Sobiq prezident Donald Tramp qayta saylansa bir kundan oshiq diktator bo’lmasligini aytadi. Biroq davlat rahbari o’z vakolatini oshirishga harakat qilsa-chi?

“Agar hokimiyatning biror tarmog’i hokimiyat bo’linishi tamoyilini qo’pol ravishda buzadigan bo’lsa, tizimimiz bunga qarshi turishga yetarlicha kuchlimi, bilmayman”, - deydi Chen.

Baydenning o’rniga Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo’lishga umid qilayotgan vitse-prezident Kamala Harris saylov kampaniyasi paytida Trampni demokratiyaga tahdid deb atamoqda. Demokratlar uning 2020-yil saylov natijasini qabul qilishdan bosh tortishini hamda 2021-yil 6-yanvarida Kapitoliyga hujumni bunga dalil sifatida keltirmoqda.

“Biz erkinlik uchun kurashyapmiz. Mamlakat bo’ylab qiyinchilik bilan erishilgan erkinliklarimiz va huquqlarimizga yoppasiga hujumga guvoh bo’lyapmiz”, - deydi Harris.

“Ular meni demokratiyaga tahdid deyishdan charchashmayapti. Demokratiyaga nima qilibman axir? Demokratiya uchun o’q yedim”, - deydi Tramp.

Saylovchilar demokratiya xavf ostida degan da’volarga ishonmasligini aytadi.

“Bir necha hafta oldin menga bir kishi “Donald Tramp demokratiyani ag’darmoqchi degan ko’p gaplar bo’lyapti, ammo u bu ishni qilgani yo’q” deb aytdi”, - deydi Amerika universitetidan Kris Edelson.

“Mustaqil saylovchilarning ba’zilari orasida “tizim ish berdi, hokimiyat topshirildi, demak muammo yo’q” degan fikr mavjud”, - deydi Jorj Meyson universitetidan Deyvid Ramadan.

Demokratiya va avtoritar boshqaruv mavzusida izlanayotgan Kurt Veyland populist rahbar demokratiyani vayron qila olmaydi degan fikrda.

“Bu faqat haqiqiy institutsional zaiflik va buning uchun maxsus imkoniyatlar mavjud bo'lgandagina ro’y beradi. AQShda buning uchun tegishli shartlar bor deb o’ylamayman”, - deydi Texas universiteti olimi.

Veylandning aytishicha, Amerikada prezidentga hokimiyatni butunlay qo’lga olishga to’sqinlik qiluvchi qator omillar mavjud. Turli darajadagi siyosatchilar shular jumlasidan.

Veyland Jorjiya shtatining respublikachi davlat kotibi Bred Raffensperger Trampga qo’shimcha ovoz topishdan bosh tortib, 2020-yil saylovi natijasini bekor qilishda Trampga yordam bermaganini misol qiladi

”Amerika demokratiyasi kuchli va mustahkamdir. Uning ortida Amerika xalqi va rasmiy vazifalarini bajarishga sodiq siyosatchilar turibdi”, - deydi Veyland.

Unga ko’ra, rahbarlar xalqning ommaviy qo’llab-quvvatloviga ega bo’lsagina demokratiyani izdan chiqarish imkoniga ega bo’ladi. Buning uchun prezidentning reytingi kamida 70 foiz bo’lishi kerak. Trampning reytingi esa hozir 49 foiz, Baydenniki 57 foiz atrofida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG