Breaking News

Bayden faoliyati va Harris imkoniyatlariga nazar


AQSh Prezidenti Jo Bayden vitse-prezident Kamala Harris bilan, arxiv.
AQSh Prezidenti Jo Bayden vitse-prezident Kamala Harris bilan, arxiv.

Prezident Jo Baydenning saylov poygasidan chiqish qarori ortidan tarafdorlari Oq uyga kelib unga minnatdorchilik izhor qilmoqda.

“Men uchun Bayden iqlim o’zgarishiga qarshi eng kuchli kurashgan prezident, undan bir umr minnatdorman”, - deydi prezident tarafdorlaridan Trevor Xiggins

“Jo Baydenning mamlakatga xizmatidan mamnunman. U buyuk rahbar sifatida tarixga kirishga munosib. U sha’niga dog’ tushmaydigan momentda ketmoqda”, - deydi yana bir fuqaro.

Xalqaro hayot - 23-iyul, 2024 - Falastinliklar muvaqqat hukumat tuzmoqchi, Netanyaxu Vashingtonda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:06 0:00

Bayden zotan iyun oyida o’tgan teledebatdan oldin ham saylovchilar fikri o’rganilgan so’rovlarda Donald Trampdan ortda qolayotgan edi.

Prezidentning debatdagi zaif ishtiroki, fikridan chalg’ib ketishi demokrat qonunchilar va liderlar xavotirini oshirdi. 82 yosh ostonasidagi Bayden mag’lubiyati partiyaning Kongressdagi muhim lavozimlardan ayrilishiga ham sabab bo’lishi ehtimoli kuchaydi.

Amerika Tadbirkorlik institutidan olim Gari Shmittning ta’kidlashicha, Baydenning qarori partiyadoshlarini yangi umidlar bilan birga qator muammolar bilan ham yuzlashtirmoqda.

“Asl masala kaliforniyalik Kamala Harrisning Michigan, Pensilvaniya va Viskonsijn kabi beqaror shtatlarda elektorat quvvatloviga erisha olishida”, - deydi u.

Jorj Vashington universitetidan olim Piter Lojning ta’kidlashicha, saylovga to’rt oydan kam vaqt qolganda yuz bergan burilish Harrisni jiddiy muammo bilan yuzlashtirmoqda.

“Harris Bayden emas, so’nggi so’rovlarda respondentlarning ma’lum qismi uni yetarlicha tanimasligini bildirgan. Ha, u ikki marta Kaliforniyadan saylangan, aqlli, sobiq prokuror, vitse-prezidentlikka federal miqyosda kurashgan, o’z ishini biladi. Demokratlar uni yaxshi taniydi. Biroq u Bayden va Tramp kabi davlat miqyosida nufuzga ega emas”, - deydi olim.

Harris Trampni mag’lub etish uchun demokratlar partiyasi va xalqni birlashtirishga maksimal harakat qilishini aytgan.

Hozircha Harrisni ko’plab partiyadoshlari, xususan, kelasi oy o’tajak qurultoyda o’ziga raqib bo’lishi mumkin bo’lganlar ham qo’llab-quvvatlamoqda.

Gari Shmitt nazdida, xulosa qilishga hali erta.

“Balki bir nomzod atrofida birlashishdan ko’ra partiyani bo’lib tashlaydigan ochiq qurultoyga ehtiyoj yo’qdir. Boshqa tomondan, demokrat tahlilchilar orasida Kamala Xarris haqiqatdan ham eng munosib nomzodmi deya o’ylayotganlar talay bo’lishi ham mumkin”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG