Breaking News

Trampni prezidentlikka ilohiy kuch chorlamoqdami?


AQShning Miluoki shahrida Respublikachilar partiyasi qurultoyining so’nggi kunida Donald Tramp partiyaning prezidentlikka nomzodligini qabul qilib, syezd delegatlariga bir yarim soat davomida murojaat qildi.

Xalqaro hayot - 19-iyul, 2024-yil - Rossiya jazosiga uchragan amerikalik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:47 0:00

Tramp ma’ruzasini o’tgan shanba kuni uning joniga suiqasd hujumi haqida gapirishdan boshladi.

“Qattiq hushtak ovozini eshitdim. O’ng qulog’imga nimadir qattiq tekkanini sezdim. “Bu nima ekan” deya hayron bo’ldim. Bu faqat o’q bo’lishi mumkin edi”, - dedi Tramp.

Odatda asosan tarafdorlariga murojaat qiladigan Tramp bu gal barcha amerikaliklarni tilga oldi.

“Men Amerikaning yarmiga emas, butun Amerika uchun prezident bo’lishga saylanmoqchiman. Amerikaning yarmini qozonishni g’alaba deb bo’lmaydi”, - dedi u.

Syezdda so’zga chiqqan ayrim notiqlar Tramp o’q yeb qochmaganini ta’kidlarkan, qaddini rostlab, qo’lini musht qilib havoga ko’targanini dovyuraklik, o’limdan qolganini ilohiy mo’jiza deb atadi; Yaratgan aynan Trampning Amerikaga rahbar bo’lishini xohlayotganini, Amerikaga Tramp kabi kuchli va dovyurak prezident kerakligini aytishdi.

“Mana shu minbarda Xudoning marhamati bilan turibman”, - dedi Tramp.

Respublikachilardan nomzod tashqi siyosatda Amerika kuchini ko’rsatishga va’da berdi, u prezident bo’lganida Ukraina va G’azoda urush bo’lmagan bo’lishini yana bir bor ta’kidladi.

“Urushlarni bitta qo’ng’iroq bilan to’xtatishim mumkin”, dedi u.

“Tayvan, Koreya, Filippin – butun Osiyo mojaro ehtimoli bilan yuzlashmoqda. Sayyoramiz Uchinchi jahon urushi yoqasida turibdi. Zamovaniy qurollarni deb bu urush oldingilariga o’xshamaydi”, - dedi Tramp.

Nomzod Bayden ma’muriyatini sud tizimidan qurol sifatida foydalanayotganlikda, yuqori inflyatsiyada, chegarani qoradori va jinoyatchilarga ochganlikda aybladi.

“Odamlarning mamlakatimizga kirishiga qarshi emasmiz, ammo ular mamlakatga qonuniy kirishi kerak”, - dedi Tramp.

Shu kuni qurultoyda uning rafiqasi Melaniya Tramp ilk bor ko’rindi.

Bayden ham jismoniy, ham siyosiy izolyatsiyaga yuz tutmoqda

Matbuotdagi xabarlarga ko’ra, shu hafta COVID yuqtirgani aytilayotgan Prezident Jo Bayden yaqin kunlarda poygadan chiqishi haqida e’lon qilishi mumkin.

Baydenning tanqidchilari va so’nggi paytlarda hatto partiyadoshlari uning zaif jismoniy va aqliy salomatligiga ishora qilib, nomzodini saylovdan olishga chaqirib kelmoqda. Bayden bunday da’vatlarga qarshilik ko’rsatib, faqat Yaratganning irodasi bilan poygadan chiqishini ta’kidlagan.

Prezidentning koronavirus bilan kasallangani Yaratgandan poygadan chiqishga signal bo’lib xizmat qilishi mumkinmi?

Virjiniya universitetida Siyosat markazi asoschisi va direktori Larri Sabato demokratlar orasidagi tarqoqlikka e’tibor qaratadi.

“Demokratlar Baydenni poygadan qanday chiqarishni bilmayapti. U nomzodini saylovdan olsa, uning o’rnini kim egallashi ma’lum emas. Respublikachilar esa jipslashgan, qurultoyni a’lo o’tkazishdi. Donald Trampning reytingi har qachongidan yuqori, qisman uning joniga suiqasd harakati tufayli”, - deydi olim.

So’nggi ijtimoiy so’rov natijasidan ma’lum bo’lishicha, demokratlarning 65 foizi Bayden poygadan chiqishi kerak degan fikrda.

Biroq Amerika universitetida tarixchi Alan Lixtman sotsiologik so’rov natijalariga ishonmasligini aytadi.

“Hamisha o’zgaruvchan so’rovlarga asoslanib saylovda kim yutishi va kim yutqazishini bilishni da’vo qilish ahmoqlik va jaholatning cho’qqisidir”, - deydi u.

Lixtman Bayden saylov kampaniyasini davom ettirishi kerak deydi. Olim ishlab chiqqan “Oq uyga kalitlar” deb nomlanuvchi tizim 1984-yildan beri faqatgina bitta saylov natijasini bashorat qilishga ojizlik qilgan.

U ijtimoiy so’rovlar natijalariga e’tibor bermaslikka chaqiradi. Ulardan ma’lum bo’lishicha, amerikaliklarning 70 foizi Baydenning prezident bo'lish uchun aqliy qobiliyatga ega ekanligidan shubhalanmoqda. Trampga kelganda bu raqam 51 foizga teng.

Matbuotdagi ayrim xabarlarga ko’ra, demokratlarning Kongressdagi liderlari, xususan Senatda ko’pchilik sardori Chak Shumer, Vakillar palatasida ozchilik sardori Hakim Jeffris va palata sobiq spikeri Nensi Pelosi Bayden bilan yuzma-yuz uchrashuvlarda uning saylovda g’alaba qozonishiga shubha bildirgan.

Bayden poygadan chiqishga qaror qilsa, vitse-prezident Kamala Harris uning o’rnini egallashi mumkin. Birinchidan, yana so’rov natijalariga murojaat qiladigan bo’lsak, demokratlar orasida Harrisga nomzod bo’lishga ishonch kattaroq, ikkinchidan esa vitse-prezident Bayden-Harris saylov kampaniyasiga tushgan puldan kampaniya merosxo’ri sifatida qonuniy foydalanish huquqiga egadir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG