Breaking News

Donetskda shu kungacha minglab jasad topilgan


Jangchilarning jasadlarini qidirayotgan ko’ngillilar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:24 0:00

Jangchilar jasadini qidirayotgan ko’ngillilar

Donetsk viloyatida Rossiya armiyasi bilan to‘qnashuvlarda o`lganlarning jasadlarini qidirish ishlari davom etmoqda. Ko'ngillilardan iborat "Platsdarm" guruhi 2014-yildan buyon bu hududda 2000 dan ortiq jasad topgan.

Nafaqaxo‘r Anatoliy Smik 2022-yilning oktabrida, Donetsk viloyatidagi Bogorodichne qishlog‘i ozod etilganidan keyin, uyiga qaytdi.

Rus qo'shinlari bu qishloqni besh oy davomida ishg’olda ushlab turdi. Qishloq aholisining deyarli ko`pchiligi, o`nlab keksalardan tashqari, evakuatsiya qilingan edi. Qishloqda qolgan keksalardan ayrimlari izsiz g’oyib bo`lishdi, ular ruslar tomonidan o’ldirilganiga ishoniladi.

“70 yoshli bir erkakning jasadi hamon topilmadi. U hovliga chiqqanda xotini o'ldirilganini ko'radi. Shundan so`ng ko’chaga chiqadi, o’zi ham o'ldiriladi. Ammo uning jasadini hamon topa olmadik. Xotinini jasadini topdik, lekin uniki yo’q”, - deydi Anatoliy Smik.

Ko’ngillilardan tashkil topgan "Platsdarm" guruhi shu qishloq atrofida to’qnashuvlarda halok bo'lgan askarlar, tinch aholi jasadlarini

“Qidiruv ishlarimiz davomida biz noma’lum shaxsning skeletini topdik. Biz marhum askar emas, tinch vakili ekaniga ishonchimiz komil. Bizda ruslar bu yerda tinch aholidan bir necha kishini ko’mishganiga doir ma’lumotlar bor”, - deydi Aleksiy Yukov.

Yukov aslida boks murabbiyi, ammo 20 yildan buyon qidiruv ishlariga, halok bo`lgan askarlar jasadlarini topishga ko’maklashadi. Volontyorlikni yoshligidan boshlagan, avvaliga Ikkinchi Jahon urushi qurbonlari qoldiqlari esgumatsiyasi bilan shug’ullangan, 2014- yildagi Rossiya bosqinidan keyin Qrim bilan.

Politsiya uchun hisobot tayyorlangandan so’ng ko'ngillilar guruhi inson qoldiqlarini o’rganishni boshlaydilar.

“Platsdarm” xalqaro hamkorlar va xususiy donorlar hisobidan moliyalashtiriladi. Bu har uch oyda bitta qidiruv operatsiyasi o'tkazish uchun yetadi.

Guruh tomonidan topilgan jasadlar o‘likxonaga jo’natiladi, imkoni bo`lganda jasadning shaxsi aniqlanib, yaqinlariga topshiriladi.

Har bir qidiruv guruhi eksgumatsiya bilan shug'ullanish huquqini beruvchi xalqaro sertifikat ega sakkiz nafar ko'ngillidan iborat. Guruhda dafn joylarini qidirishga o’rgatilgan itlar ham bor.

Yukovning guruhi jasad topdi... Aleksandr Grisyuk, 2022-yilning may oyida Donetskda halok bo‘lgan, ukrain jangchisi.

Uning onasi Olga Yukovga murojaat qilgancha olti oy davomida o’g’lini jasadini qidirganini, Yukov jasadni topishini darhol sezganini aytadi.

" Sashani topganlarida Yukov menga zanjirli xochning fotosuratini yubordi", - deydi Olga Grisyuk.

2023-yil martiga kelib Grisyuk nihoyat o'g'lini dafn etishga muvaffaq bo'ldi.

Rossiyalik askarlarning jasadlari haqidagi ma'lumotlar Ukraina Qurolli kuchlariga jo`natiladi. Keyinchalik ular jasadlar almashish jarayoniga qo’shiladi.

Yukovning aytishicha, u bu ishni motamdagi oilalarga yupanch berish uchun qiladi, guruh 2014-yildan beri 2000 dan ortiq jasad topishga muvaffaq bo`lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG