Breaking News

Ukraina va AQSh rasmiylari Jiddada muzokara boshlash arafasida


AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Jiddada
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Jiddada

Rossiya qurolli kuchlari o’tgan yozda Kursk viloyatidagi hududlarni egallab olgan ukrain qo’shinlarini qurshab olishga yaqin turibdi. Ushbu hududlarni Rossiya bosib olgan yerlariga almashtirishga umid qilgan Kiyev katta talafotning oldini olish maqsadida askarlariga Kurskni tark etishni buyurishi kutilmoqda.

Xalqaro hayot - 10-mart, 2025-yil - Suriyada qatliomga kim mas'ul?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:10 0:00

Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi yakshanba kuni ruslarning 15 ta hujumi qaytarilganini, rus samlyotlari ukrain pozitsiyalariga 12 bor zarba berganini bildirdi.

AQShning harbiy va moliyaviy yordamisiz qolgan Ukraina asosiy madadni Yevropadan olishga umid qilmoqda. AQSh Prezidenti Donald Tramp urushni tugatish ahdida qat’iy ekan, Vashington Kiyevga razvedka ma’lumotlarini ulashishni ham bas qilgan. Bu ish endi Fransiya va Britaniya zimmasiga tushdi.

Seshanba kuni Ukraina delegatsiyasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida AQSh vakillari bilan uchrashadi. Amerika Davlat kotibi Marko Rubio ushbu muloqot davomida Ukrainaning tinchlikka erishishga hamda 28-fevral kuni Oq uyda Ukraina va AQSh prezidentlari o’rtasida hissiyotlarga to’la qizg’in bahsdan so’ng Kiyev Prezident Tramp bilan aloqalarni yaxshilashga qanchalik tayyor ekanini bilmoqchi.

"Rossiya bilan yaxshi gaplashyapmiz. Hozir ular rosa Ukrainaning ta’zirini berishyapti. Ochig’i, Ukraina bilan til topishish qiyin bo’lyapti, ustunlik ular tomonida emas”, - deydi Tramp.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Rubio hozir Jiddada.

Ayrim kuzatuvchilar Ukrainaga harbiy yordamning to’xtatilishini uni muzokaraga ko’ndirishga qaratilgan bosim sifatida ko’rmoqda.

Tramp Rossiya tinchlikka ko’nmasa, u sanksiya va tariflar bilan jazolanishini ham aytdi.

“Tramp prezidentligi paytida biror kelishuvga erishilishiga umid qilmoqda. Biroq buning uchun ko’p taraflar bilan muomala qilish kerak – Rossiya, Ukraina, Yevropa Ittifoqi bilan”, - deydi Vashingtondagi Kennan tahlil institutidan Uilyam Pomerans.

Vashingtondagi ukrainaliklar ham Tramp ma’muriyatiga bosim qo’yishga harakat qilmoqda. Shanba kuni ular yirik namoyish o’tkazib, Oq uydan Ukrainani qo’llab-quvvatlashni talab qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG