Breaking News

Shimoliy Koreya raketa sinovlariga hozirlik ko'ryapti


Shimoliy Koreya yadroviy qurolsizlanish bo’yicha muzokaralarni davom ettirishga rozilik bergan. Yaqinda bu mamlakatga safar qilgan mutaxassislar buni tasdiqlamoqda.

Ayrim xabarlarga ko’ra, Shimoliy Koreya yaqin orada qit’alar-aro ballistik raketalarni sinovdan o’tkazishni ham rejalayapti.

AQShning Janubiy Koreyadagi sobiq elchisi, hozirda Taft universiteti professori Stefen Bosvort yaqinda Pxenyanda bo’lib qaytdi. “Ko’rinishidan”, deydi u, “mamlakat rahbariyati prezident Barak Obama ma’muriyati bilan gaplashishga qarshi emas, ammo muzokaralar oson kechmasligi ayon”.

Olti davlat diplomatlari Shimoliy Koreyaga iqtisodiy-moliyaviy yordam taklif qilib, uni yadroviy maqsadlaridan qaytarisga bir necha yildan beri urinib keladi.

Hozirda asosiy atom inshooti – Yongbyon yopilgan. Xalqaro inspektorlarning ham mamlakatga kirishiga ruxsat bor. Shunday bo’lsada, eksperlar fikricha Shimoliy Koreya mavjud qurollarini saqlab qolishga urinmoqda.

Sobiq elchi Bosvortning aytishicha, rasmiy Pxenyan yangi raketalarni sinovdan o’tkazishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortgan. Bu borada qo’shni Janubiy Koreya va AQSh matbuoti xabar bergan edi. Pentagonga ko’ra har qanday ehtimoliy sinov “provokatsiya” deb qabul qilinadi.

Shimoliy Koreya o’tgan hafta janubdagi qo’shnisi bilan barcha siyosiy-harbiy kelishuvlarni bekor qilgan.

XS
SM
MD
LG