Breaking News

Qo'shma Shtatlar Kuba bilan muloqotga tayyor



AQSh va Kuba orasida migratsiya masalasi yuzasidan muzokaralar qayta boshlanishi mumkin.

Kuba, deydi Vashington rasmiylari, aloqalarni yaxshilashga intilmoqda.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton uzoq yillardan beri achchiq so’zlar almashib kelayotgan bu davlat bilan “muloqotga tayyormiz” deydi.

“AQSh va Kuba bir-biri bilan fikr almashishi, gaplashishi kerak. Bu nafaqat ikki xalq uchun muhim, balki xalqaro maydonda ham ijobiy o’zgarishlarga yo’l ochadi”,- deydi Klinton.

Migratsiya Amerika uchun nozik masala. Millionlab noqonuniy muhojirlar yashayotgan bu davlat Kuba fuqarolari uchun yiliga 20 ming viza beradi, ammo Gavana AQShga safarni cheklab qo’ygan. Natijada odamlarni qonunga xilof ravishda olish chiqish keng tarqalib, jinoiy harakatlar avj olgan.

Kuba - AQSh orasida pochta xizmati ham cheklangan. Bunda ham Gavana ayblanadi.

Xillari Klinton fikricha aloqalarni asta-sekin yaxshilash mumkin, ammo kommunistik diktaturaga qo’yilgan talablar o’sha-o’sha.

“Kuba hukumati inson huquqlarini hurmat qilishi, siyosiy mahbuslarni ozod etishi va demokratiya tomon intilishi lozim”,- deydi AQSh tashqi ishlar vazirasi.

Salvadorda Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlari anjumanida qatnashayotgan Xillari Klinton nazarida, xalqaro hamjamiyatning to’laqonli a’zosi bo’lishni istagan har bir davlat o’z xalqini e’zozlashi, mas’uliyatli hukumatga ega ekanini namoyon etishi shart.

Kuba, masalan, Amerika Davlatlari Tashkilotining a’zosi emas. Unga kirish uchun, deydi Xillari Klinton, Kuba demokratik jamiyatga aylanishi lozim. Vashington-Gavana orasida rejalanayotgan muzokaralarda bu shartlar qayta-qayta yangras ajabmas.


XS
SM
MD
LG