Breaking News

Qozoq-o'zbek chegarasida vertolyot qulagan


O'zbekiston va Qozog'iston orasidagi tog'li hudud, Ugam dovonida MI-8 rusumidagi harbiy vertolyot halokatga uchragan. Bortda jami 13 kishi bo'lgan. 10 nafari o'lgan. Jarohatlangan 3 kishi Shimkentdagi kasalxonaga yetkazilgan.

Halok bo'lganlarning biri podpolkovnik, ikkisi mayor va qolganlari oddiy zobitlar bo'lgan.

Vertolyot Qozog'iston chegara xixmatiga tegishli va rasmiylarning aytishicha, xodimlar maxsus topshiriq bilan ketayotgan bo'lgan.

Sal avval O'zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati Qozog'iston mutasaddilarini qurollangan bir necha shaxs chegarani buzib o'tishga urinmoqda deya ogohlantirgan. Hududda jangari harakatlari kuzatilayotgani qayd etilgan.

Qozog'iston Milliy Xavfsizlik Xizmatining bildirishicha halokat nuqtasi izchil ko'zdan kechirilgan. Halokat sabablari, vertolyot texnik muammo bilan qulaganmi yoki nishonga olinganmi, bu borada ma'lumot berilmagan.

XS
SM
MD
LG