Breaking News

AQSh Eronga nima uchun xavotir bilan qaraydi?


Dunyoning ayrim davlatlari o’z iqtisodiy ravnaqi yo’lida atom texnologiyasidan keng foydalanmoqda. Bir necha yildirki, Eron bu huquqdan mahrum.

BMT Xavfsizlik Kengashi bugungacha Eron yadro dasturi yuzasidan ko’plab rezolyutsiyalar qabul qilgan.

Rasmiy Tehron uran boyitishni hatto vaqtincha to’xtatishni rad etar ekan, mamlakatga uch marotaba iqtisodiy sanskiyalar qo’yilgan.

Dunyoda ko’plab mamlakatlar uranni boyitib energiya olmoqda. O’z iqtisodiy taraqqiyoti yo’lida yadroviy texnologiya va materiallar bilan ham ishlaydi. Biroq nega Eronga bu borada ishonch yo’q?

Javob shuki, Eron atom sohasida xalqaro majburiyatlarini bajarmay keladi. Yadro qurollarini tarqatmaslik bitimiga muvofiq, unga a’zo 189 davlat, jumladan Eron yadroviy materiallar xarid qilishga, bu texnologiyadan tinch maqsadlarda foydalanish huquqiga ega. Evaziga har bir davlat qurol yaratish niyati yo’qligini isbotlashi, xalqaro atom boshqarmasiga ma’lumot uzatib turishi va xalqaro inspektorlar bilan hamkorlik qilishi shart.

Eron bu bitimga 1968 yilda qo’shilgan edi. 2003 yilda Atom agentligi shuni Eron 18 yildan beri yadroviy izlanishlar olib borgani va bu sir tutilganini aniqlagach, Xavfsizlik Kengashi bu davlatdan darhol uran boyitishni bas qilishni so’raydi. Talab rad etilgach esa ko’pchilik ovoz bilan Eronga yadroviy materiallar sotish man etiladi.

2007-2008 yillarga kelib ham Eron pozitsiyasida o’zgarish kuzatilmadi va bu jazo choralarining kengaytirilishiga asos bo’ldi.

BMT Xavfsizlik Kengashining 5 doimiy a’zosi va Germaniya shundan beri muammoga diplomatik yechim qidirib kelmoqda. Qom shahri yaqinida yana bir yadroviy inshoot qurilayotgani ayon bo’lgach ham, xalqaro hamjamiyat Eron bilan muloqot qilish umidini boy bergani yo’q.

Prezident Barak Obamaning ta’kidlashicha, bo’lajak qarorlar va dunyo bilan qanday aloqa qilish Eronning o’ziga bog’liq. Istasa, AQSh bilan aloqani yaxshilashga, dunyo ommasi bilan integratsiyaga barcha yo’llar ochiq. Eron xalqi ham bundan faqat foyda ko’radi.

“Ammo xalqaro majburiyatlariga amal qilmas ekan, bosimni kuchaytirishga tayyormiz”, deydi Obama.

XS
SM
MD
LG