Breaking News

Turkiya-Isroil munosabatlarining iliqlashuvidan Falastinga ne foyda?


Falastin va Turkiya rahbarlari Anqarada ko'rishmoqda, 25-iyul, 2023-yil
Falastin va Turkiya rahbarlari Anqarada ko'rishmoqda, 25-iyul, 2023-yil

Turkiya arab davlatlari va Isroil bilan aloqalarini yaxshilayotgan bir paytda Falastin Prezidenti Mahmud Abbos Turkiyaga tashrif buyurdi. Falastin masalasida bir paytlar Isroilning keskin tanqidchisi bo’lgan Rajab Toyib Erdog’an oy boshida yahudiy askarlarning Jenindagi qochqinlar lageriga hujumini ko’rmaganga oldi.

Xalqaro hayot - 25-iyul, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:48 0:00

“Isroillik harbiylar lagerga jangovar dronlar bilan hujum qildi. Qancha odam o’lgani ma’lum emas. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi quruq rasmiy e’tirozlar va qoralashlardan nariga o’tmadi”, - deydi Istanbuldagi Qodir Has universiteti professori Soli O’zel.

O’tgan yili Isroil Prezidenti Is’hoq Gersog Anqaraga borganidan beri Turkiya Isroil bilan aloqalarni yaxshilashga qattiqroq harakat qilmoqda.

Abbos ketidan Turkiyaga Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu tashrif buyurishi kutilmoqda.

Abbos Turkiya-Isroil aloqalarining yaxshilanishi falastinliklarga zarar bo’lmasligiga amin bo’lmoqchi. Erdog’an aksincha yaqinlashuv Falastin manfaatlariga xizmat qilishini aytadi.

Biroq aksariyat kuzatuvchilar Isroil-Falastin tinchlik jarayonini jonlantirishga qaratilgan harakatlarga shubha bilan qaraydi.
Ayrimlari Turkiya-Isroil o’rtasidagi diplomatik aloqalar yo’qolishi bilan Anqaraning Isroilga ta’siri ham yo’qolganiga ishora qiladi. Boshqa tahlilchilar nazarida esa iliq munosabatlar Isroilning falastinliklarga nisbatan zulm darajasini nazorat qilishga yordam beradi.

“Isroil Falastinga zulmni oshirsa, bu Turkiya-Isroil munosabatlariga zarar yetkazishi mumkin. Hozircha Isroilning G’arbiy Sohildagi amaliyotlari ikki kundan nariga o’tgani yo’q. Muammo katta emas. Ammo cho’zilib ketsa va qonli bo’lsa, muammo kuchayadi”, - deydi Tel-Avivdagi Milliy xavfsizlik masalalarini o’rganish institutidan Galliya Lindenshtraus.

Tahlilchilarga ko’ra, falastinliklar Erdog’andan nafaqat yordam qo’lini cho’zish va’dasini kutyapti, balki buni rasmiy ravishda e’lon qilinishini xohlashmoqda.

Bugun Isroil istilosidagi G’arbiy Sohilda joylashgan Nablus shahrida yahudiy askarlar ularga mashinadan o’q uzgan uch falastinlikni otib o’ldirdi.

Falastin Sog’liqni saqlash vazirligi voqeada uch arab o’lganini tasdiqladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG