Breaking News

Britaniya yil oxirigacha Afg'onistondan 500 askarini olib chiqmoqchi


Britan askarlari Afg'onistonda. 2009-yil
Britan askarlari Afg'onistonda. 2009-yil

Britaniya Bosh vaziri Deyvid Kameron 2012-yil oxirigacha Afg'onistondan salkam 500 askarni chiqarish haqida ma'lum qilishi kutilmoqda. Britan matbuotiga ko'ra, Kameron qarorini chorshanba kuni bildiradi.

O'tgan oy AQSh prezidenti Barak Obama ham harbiylarni yil oxirigacha 10 mingga qisqartirish haqida ma'lum qilgan edi. Rejaga ko'ra, 2012-yilda ham jangovar kuchlar soni kamaytirilib, 68 minggacha tushiriladi.

Britaniyaning Afg'onistonda to'qqiz yarim ming qo'shini bor. Aksariyati janubdagi Hilmand viloyatida.

Germaniya ham joriy yilda harbiylari sonini 500 taga kamaytirmoqchi. Shimolda besh ming nemis askari xizmat qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG