Breaking News

Afg'oniston shimolida haydovchi ayollar ko'paymoqda


Mashina boshqarayotgan afg'on ayollari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:16 0:00

Mashina boshqarayotgan afg'on ayollari

Afg’onistonda avtomobil haydayotgan ayollarni ko'p uchratmaysiz. Bunday manzaraga, asosan, poytaxt Kobulda guvoh bo'lish mumkin. Umuman olganda erkaklar hukmron konservativ bu jamiyat hali bunga tayyor emas.

Mashina haydayotgan afg'on ayollari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:53 0:00

Hirot, Jalolobod, Mozori Sharif shaharlarida ayollar uchun haydovchilik kurslari bor. Ayollar huquqini himoya qiluvchi tashkilotlarga ko’ra, xotin-qizlarning mashina haydashni bilishi kundalik hayotdagi erkaklarga tobeligini kamaytiradi, ayollar mustaqil harakatlana oladi.

Mozori Sharifda avtomobil ruli ortida ayollarni ko'rish tez orada odatiy holga aylanadi. Haydovchilik guvohnomasini olish kurslarida bir oy o’qigan 50 nafar xotin-qiz amaliy imtihon topshirish arafasida.

“Mashina haydashni o’rganish xotin-qizlar uchun katta imkoniyat. Ayollarga har narsani taqiqlayvergandan ko’ra, haydovchilik guvohnomasini olishga undash kerak”, - deydi imtihon topshirayotganlardan biri Ruxsor Nuriy.

“Mashina haydayotgan ayollarga yomon ko’z bilan qarash muammo. Aslida qo’llab-quvvatlash kerak”, - deydi Parvona Nuriy.

Ayollarga haydovchilik guvohnomasini olishda mahalliy transport boshqarmasi, Xotin-qizlar qo’mitasi va boshqa xususiy tashkilotlar ilk bor ko’mak beryapti. Ruxsor Nuriyni ota-onasi ham qo’llab-quvvatlayapti. Bu esa ayollarning mashina haydashiga konservativ qaraydigan afg’on oilalariga xos emas.

“Jamiyatimiz hayotida kattaroq rol o'ynash uchun biz ayollarga tenglik kerak. Aholining yarmi ayollar ekan, ijtimoiy hayotda o’zimizni ko’rsata olishimiz uchun eskicha qarashlarga qarshi kurashishimiz kerak. Erkaklar kabi mashina boshqarishimiz, ular qilayotgan ishlarning uddasidan chiqa olishimizni isbotlashimiz kerak”, - deydi Ruxsor Nuriy.

Ayollar huquqlari tarafdorlariga ko'ra, aynan eskicha qarashlar ayollarni erkaklarga tobe qilib qo'yapti.

“Ayollar emin-erkin ko’chaga chiqa olmasligi, mashina hayday olmasligi muammo. Uning tagida o’sha eskicha qarashlar, aqidaparastlik yotibdi”, - deydi Palvasha Payvandi.

2017-yilda Afg'oniston shimolida yashovchi ayollar mashina haydash huquqidan ilk bor foydalanib, 300 nafari haydovchilik guvohnomasini olishga muvaffaq bo’ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG