Breaking News

Afg’on tahlilchi: Tolibon harakati hanuz kuchli


Afg'on zobiti, Kobul yaqinidagi amaliyotlar paytida
Afg'on zobiti, Kobul yaqinidagi amaliyotlar paytida

NATO Afg’onistonda uzoq muddat qolib, isyonchi guruhlarga qarshi kurashni davom ettirmoqchi. Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenbergning mahalliy matbuotga aytishishicha, Afg’onistonda xorijiy askarlar sonini oshirish NATO taklifi asosida amalga oshmoqda.

Afg'onistonda jangarilar hamon faol
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:23 0:00

Stoltenberg iddaolariga ko’ra, Tolibon va DAISh kun o’tishi bilan o’z kuchini yo’qotib bormoqda. Oddiy odamlarni nishonga olayotgani buning yaqqol isboti, deydi Stoltenberg.

Lekin Juzjon universitetidan siyosiy tahlilchi Muhammad Basir Muqimiy nazarida jangari guruhlar hanuz o’z kuchini boy bermagan. Agar NATO ularni zaif desa, buni isbotlashi kerak.

“Agar Tolibon va DAISh kuchli bo’lmasa, qanday qilib o’zini shahar markaziga yetkazadi? Qanday qilib portlovchi moddalarni xohlagan joylariga olib boradi? Demak, ular o’zlarini kuchli deb hisoblaydi. NATO, AQSh va afg’on harbiylari kuchli bo’lsa, josuslik xizmati yaxshi foydalana olsa, ularning (jangarilar) kuchsizligi ochib berilgan bo'lar edi”,- deydi tahlilchi.

Afg'oniston rahbari Ashraf G'ani NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg va AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis, Kobul, 27-sentabr, 2017
Afg'oniston rahbari Ashraf G'ani NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg va AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis, Kobul, 27-sentabr, 2017

Qo’shma Shtatlar afg’on havo kuchlari sonini uch baravarga oshirmoqchi. Lekin tahlilchi Basir Muqimiy fikricha xorijiy davlatlar va ularning strategiyasi afg’on xalqi va sharoitiga moslasha olmagan. Shuning uchun ham kurash va yordam ahamiyatli darajada natija bermagan. Kobul havo qo’nalg’asiga bo’lgan hujum, unda bir qancha oddiy odamga zarar yetgani jangarilar qo’li hamon ko’p narsaga yetishini anglatadi, deydi tahlilchi.

“Uchoqlar borib oddiy odamlar uylariga bomba tashladi. Odamlar halok bo’ldi. Ulardan qolganlar qachon Amerika siyosatiga yon bosadi? Oddiy va begunoh insonlar qancha qurbon bo’lsa muxolif guruhlar shuncha kuchayadi”,- deydi Muqimiy.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Kobulga safari chog’ida toliblar va hukumat o’zaro muzokara qilishi, muammoga siyosiy yechim topish zarur, deya ta’kidladi.

“Afg’onistonda sulh uchun ishlayotganlar bir umr toliblar bilan urushib kelgan. Doimiy jangda bo’lgan tomonlar bir-biri bilan qanday qilib sulh qilishi mumkin, bu yo’lda tarafsiz insonlar bo’lmagan. Tarafsiz odamlar muzokaralarni boshqarmagunga qadar bu jarayon natija berishiga ishonib bo’lmaydi. Ayni holda tomonlar o’rtasida mazhabiy ziddiyatlar ham bor”, - deydi Muqimiy.

Kobulda portlash, 29-sentabr, 2017
Kobulda portlash, 29-sentabr, 2017

Afg’on ekspertlari hukumatning armiya to’g’risida qabul qilgan qaroridan tashvishda. Bu qarorga ko’ra, 58 yoshdan boshlab har qanday general nafaqaga chiqishi kerak.

Suhbatdosh nazarida hukumatning bu qarori mamlakatdagi vaziyatni yana-da og’irlashtiradi.

“Afg’onistoning bugungi og’ir ahvoli keksa generallar chetda qolgani natijasidir. Muvaffaqiyat qozonish uchun yosh nasl keksalarning tajribasidan unumli foydalanishi zarur”,- deydi Muqimiy.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG