Breaking News

Afg’onlar hujumi NATO safida tushkunlikka sabab bo’lmoqda


Afg’onistonda mahalliy harbiylarning xalqaro koalitsiyaga hujumlari NATO, Shimoliy Atlantika bitimi qo’shinlari, safida tushkunlikka sabab bo’lmoqda.

Harbiy blok so’zlovchisi, general Karsten Jeykobson ta’biricha, bu xurujlarni sodir etayotganlar – ruhan ezilgan, yurti uchun kuygan, azobni ko’tara olmagan oddiy afg’on zobitlar. NATO qo’shinlariga zarbalarni biz amalga oshirdik, deb chiqayotgan Tolibon yolg’on aytadi“, - deydi general.

Hozirda Afg’onistonda 350 ming kishilik mahalliy armiya va 130 ming sonli koalitsiya ko’pincha birga ishlab keladi, deydi Karsten Jeykobson va ichki ixtiloflar ko’lami juda past. Shunday bo’lsa-da, xorij qo’shinlari orasida shubha va so’niq kayfiyat kuzatilmoqda. Yil boshidan beri afg’on zobitlari chet ellik 17 harbiyni otib o’ldirgan. Afg’on armiyasi va politsiyasida ichki otishma va to’qnashuvlar 17 odamning yostig’ini quritgan.

Kecha Afg’oniston shimolidagi Bag’lan viloyatida bozorda ikki portlash ro’y berib, 23 kishini hayotdan olib ketgan. O’lganlar, asosan, bolalar, talaba va politsiyachilar.

Janubda esa bugun jangarilar bir necha politsiyachini zaharlab, so’ng o’tish-nazorat punktiga hujum qilgan. Hilmand viloyatida tunda yuz bergan bu voqeada olti odam, xususan, to’rt politsiyachi va ikki oddiy fuqaro o’lgani ma’lum. Bu ishni toliblar qilganini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG