Bugun Qo’shma Shtatlar Afg’onistondagi Bagram qamoqxonasi ustidan nazoratni mahalliy hukumatga topshirgan. Prezident Hamid Karzay nazarida bu mamlakat suverenitetini tan olish yo’lida muhim qadam.
Bagram qamoqxonasida uch mingdan ziyod mahbus bor. Endi Afg’onistondagi barcha turmalar rasmiy Kobul zimmasida.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Janan Musazay bu voqeani olqishladi.
“Afg’oniston mahalliy va xalqaro qonunlarga amal qilgan holda barcha mahbuslar huquqini hurmat qilib, insoniy munosabatda bo’lish qarorida qat’iy”, - deydi Musazay.
Lekin Afg’oniston Ochiq jamiyati nomli huquq tashkiloti rasmiysi Reychel Rid bu davlatda ayblovsiz hibsda saqlash amaliyotidan xavotirda.
“Boshqa davlatlarda bu tajribani kuzatganmiz. Hukumat odamlarni asossiz, sudsiz ushlab, advokat bermay, ochiqchasiga tahqirlashi mumkin”, - deydi Rid.
Huquq himoyachisi so’zlariga ko’ra, Bagram qamoqxonasida saqlanayotgan, mahalliy aholi vakillari bo’lmagan qariyb 50 mahbus taqdiri borasida Kobul va Vashington fikri turlicha. Mahbuslarning salkam 30 nafari Pokistondan, deydi Rid.
“Afg’oniston rasmiylari bu odamlarning Amerika changalida qolishiga qarshi. Mamlakatda o’ziga xos bir kichik Guantanamo qamog’i bo’lishini xohlamaydi ular”, - deydi faol.
Afg’oniston nazarida Qo’shma Shtatlar bu mahbuslarni Kobul ixtiyoriga topshirishi yoki boshqa chet davlatga jo’natishi lozim, deydi Rid.
2001: Koalitsiya Bagram ustidan nazoratni qo'lga olgan.
2002: Bagram AQShning Afg'onistondagi asosiy turmasiga aylangan. Ikki afg'on mahbusi halok bo'lgach, Amerika askarlari qiynoq va tahqirlashlarda ayblab, tandiq qilingan.
2009: AQSh harbiylari Bagram va, umuman, Afg'oniston qamoqxonalar tizimini qayta ko'rib chiqishga undagan.
2012: Amerika zobitlari Bagramda Qur'on nusxalarini yoqishga uringach, mamlakatda qonli namoyishlar boshlangan.
Lekin AQSh rasmiysi Jeymi Greybilning tushuntirishicha, bu mahbuslar Vashington-Kobul o’rtasida turmalar borasida imzolagan memorandumda alohida tilga olinmagan.
“Ularning maqomini Davlat departamenti va Mudofaa vazirligi kelgusida hali alohida ko’rib chiqadi. Ungacha esa bu insonlar AQSh nazoratida qoladi”, - deydi rasmiy.
Greybil so’zlariga ko’ra, Amerika va Afg’oniston qo’l qo’ygan bitim AQShning hibsga olib, qamoqda saqlash vakolatini cheklamaydi. Mazkur mahbuslar vaqti kelib Afg’oniston rasmiylari zimmasiga topshiriladi, deydi u.
Bagram Afg’onistonda Amerika nazorati ramziga aylangan. Ayrim mahalliy mulozimlar fikricha, turmada odamlar huquqi poymol etilmoqda.
Xalqaro koalitsiya mamlakatni 2014-yilda tark etishi kutilmoqda.

Bagram endi afg'onlar qo'lida
Bagram turmasiga doir faktlar:2001: Koalitsiya Bagram ustidan nazoratni qo'lga olgan.