Armanistonda o’tgan prezident saylovining dastlabki natijalariga ko’ra, amaldagi rahbar Serj Sarkisyan ikkinchi muddatga saylangan.
Markaziy saylov komissiyasining bildirishicha, fuqarolarning 59 foizi Serj Sarkisyanga ovoz bergan. Bu esa saylovning ikkinchi bosqichini o’tkazishga zarurat yo’q, degani.
Markaziy saylov komissiyasining bildirishicha, fuqarolarning 59 foizi Serj Sarkisyanga ovoz bergan. Bu esa saylovning ikkinchi bosqichini o’tkazishga zarurat yo’q, degani.
Prezidentning asosiy raqibi, Qo’shma Shtatlarda tug’ilgan Raffi Ovanesyan 37 foiz ovoz jamg’argan.
Sarkisyanning g’alabasi bilan 13 yildan beri hukmron Respublikachilar partiyasining yana besh yil boshqaruvda qolishi kutilmoqda.
“Saylovchilarga, jamoatchilikka minnatdorchilik bildiraman. Bu saylovlar xalqimiz muhim pallada birlashishga va to’g’ri qaror qabul qilishga qodir ekanini namoyish etdi. Kelajak uchun haq yo’lni tanladik”, - dedi Serj Sarkisyan.
Oxirgi 20 yilda birinchi bor fuqarolar konstitutsiya, qonun ustuvorligi, demokratiyani tanladi.
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti kuzatuvchilari nazarida Armanistonda saylovlar uchun sharoit avvalgidan yaxshi, bir necha partiyadan odamlar o’zaro kuch sinashgan. Lekin joriy yilgi poygalarda aholi orasida befarqlik kayfiyati kuzatilgan. Ovoz berishga haqli 2,5 million fuqarodan faqat taxminan 60 foizi saylovda ishtirok etgan.
Xalqaro kuzatuvchilar fikricha, nomzodlar orasida haqiqiy raqobat bo’lmagan.
Sakkiz da’vogardan biri bellashuvdan erta chiqqan, ikkinchisi ovoz berishdan bosh tortgan, yana biri ovoz bermay, ochlik e’lon qilgan. To’rtinchi nomzodni uyi yonida otib, yaralashgan. Boshqa bir da’vogar saylovdan keyin qamoqqa olinishidan xavotirda.
Ovanesyan saylovda xatoliklarga yo’l qo’yilganidan arz qilsa-da, jarayon demokratik tamoyillarga mos o’tganini tan olmoqda.
“Oxirgi 20 yilda birinchi bor fuqarolar konstitutsiya, qonun ustuvorligi, demokratiyani tanladi. Gap Ovanesyan yoki Sarkisyanda emas, balki Armaniston respublikasining kelajagida”, - dedi prezidentlikka da’vogar arbob.
Prezident saylovlarining rasmiy natijalari kelasi dushanba kuni ma’lum bo’ladi.