Breaking News

Trampning fikrlari Osiyoda jiddiy savollar uyg'otmoqda


Trampning takliflari xavotir uyg'otmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:09 0:00

A woman arrives for a news conference on the upcoming IFA, the world's leading trade show for consumer electronics and home appliances, in Berlin, Germany.

Agar Donald Tramp AQSh prezidenti bo'lsa, Vashington Osiyodagi yaqin ittifoqchilariga yadro quroli berishi kerak degan fikr kuchayishi mumkin. Respublikachi nomzod nazarida Amerika Osiyo ishlariga kamroq aralashish kerak. Bu davlatlar o'zini himoya qilishi uchun yadro quroliga ega bo'lishi zarur, deydi u.

Saylov kampaniyasi davomida Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyaga yadro qurolga ega bo'lsin, shuningdek, AQSh harbiy bazalari xarajatlarini ko'tarmaydigan davlatlardan askarlarni olib chiqish lozim, deya ta'kidlab kelmoqda.

Ayni paytda Janubiy Koreyada AQShning 28500, Yaponiyada esa 54000 qo'shini bor. Bu harbiy bazalar uchun Tokio har yili Vashingtonga 1,6 milliard, Seul esa 866 million dollar to'laydi.

Ayrim tahlilchilarga ko'ra, Trampning ittifoqchilarga yadro qurolini berishga tayyorligi xalqaro bitimlarga zid.

"Agar AQSh ittifoqchilari o'zlarini Tramp aytgandek mudofaa qilsa, ittifoq buziladi va Osiyoda xavfli vaziyat yuzaga keladi", - deydi tadqiqotchi Mun Kyon Sik.

Yadro quroliga ega Xitoy yoki shu yo'ldan ketayotgan Shimoliy Koreya tahdidlariga qarshi AQSh ittifoqchilarini himoya qilishga tayyor.

Ammo Trampning yaxshi pul to'lamagan ittifoqchilardan yuz o'girish bilan tahdid solishi Yaponiya va Koreyada AQShga nisbatan ishonchsizlikka yetaklaydi.

"Agar Trampning bayonotlari haqiqatga aylansa, buni ma'qullaydigan siyosatchilar topiladi", - deydi Xirosima universiteti professori Xiroshi Nunokava.

Janubiy Koreya va Yaponiyani atom bombasi bilan qurollantirish mintaqada beqarorlikka yetaklab, Shimoliy Koreyaning xavotirlari asosli ekanini ko'rsatadi hamda Xitoy va Rossiya Pxenyanga qo'ygan sanksiyalar bekor qilinadi, deydi ekspertlar.

Tramp prezident bo'ladimi yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi, biroq uning fikrlari Osiyoda allaqachon aks-sado bermoqda. Amerika ishonchli hamkormi? Shu savol hozir muhokamada.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG