Qirg’izistonda o’zbek huquq himoyachisi Azimjon Asqarovga umrbod qamoq jazosi berilgan. Sud uni yoz boshida janubda elatlararo adovat urug’ini sochganlik va militsiya xodimini o’ldirganlikda aybdor deb topgan.
Inson huquqlari bo’yicha Xalqaro Amnistiya tashkiloti Asqarovga berilgan jazoni qoralamoqda. Tashkilot nazarida ayblovlar asossiz va huquq faoli zudlik bilan ozod etilishi kerak.
Xalqaro Amnistiya xodimlarining aytishicha, Qirg’iziston hukumati “Vozdux” nomli huquq idorasini boshqargan Asqarovning nomini bolg'amoqchi, chunki u janubdagi qirg’in, o’zbeklarga qarshi hujumlar va qirg’iz huquq-tartibot xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlarini suratga olib borgan.
Boshqa ko'plab xalqaro tashkilotlar ham Asqarovning ishi qayta ko’rib chiqilishini talab qilmoqda. Ularning aniqlashicha, sudlanuvchi qamoqda qiynoqqa solingan.