Bu elat xizmatidagi yagona telekanal ATR yopilish xavfi ostida. Kecha o’tkazilgan tintuvda qrim-tatarlar tomonidan 2014-yilning 26-fevralida Ukraina yaxlitligini yoqlab o’tkazilgan mitingga oid video tasvirlar musodara qilingan. Tergov qo’mitasiga ko’ra, bu mitingda odam o’lgan va shu bois ham tekshiruv olib borilmoqda.
ATR taniqli jurnalisti Liliya Bujurova nazarida, tintuv - tub aholi ovozini o’chirishga qaratilgan navbatdagi qadam.
“Hukumatni dunyoda qrim-tatar tilidagi televideniye borligining o’zi qoniqtirmaydi. Bu kanalning maqsadi siyosat emas, balki qrim-tatar tili va madaniyatini saqlab qolishdir. Hukumat qrim-tatarlari yarim orolda o’z axborot tayanchiga egaligidan norozi. Hukumat deportatsiya sanasi 18-may xotirlanishiga ruxsat bermay, qrim-tatarlarga yig’lashni taqiqlab qo’ydi. Endi milliy televideniyeni yopish bilan qrim-tatarlarning eshitishini, ko’rishini, gapirishini taqiqlashmoqchidek. Ammo, bizda hali o’z vatanimizda yashah huquqi bor ekan, barcha qonuniy choralar bilan kurashni davom ettiramiz ”, - deydi Liliya Buhurova, tintuvlar jarayonida ATRda efirga uzatilgan dasturda.
Tintuv qrim-tatarlarda norozilik uyg’otgan. Politsiya televideniye binosi oldida namoyishga to’plana boshlagan aholini “jarimaga tortilasiz” deya ogolantirlgan.
“Hozir bu kanalni yopadi, keyin biz xalq sifatida Qrimdan mutlaq yo’qolishimiz kerakmi? Go’yo qrim-tatarlar xalq sifatida mutlaq yo’q. Ular bizni ro’yxatdan o’chirib tashlashayapti”, - deydi namoyishga chiqqan qrimliklardan biri.
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiyani ATRga nisbatan bosimlar, qrim-tatarlarga nisbatan repressiyani to’xtatishga chaqirib bayonot tarqatdi.
Milliy Majlis rahbari Refat Chubarov Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro organlar e’tiborini Qrimda tub aholi huquqlari toptalib borayotganiga qaratmoqda.
Chubarov deydiki, ATR tintuvi Qrim okkupatsiyasi bilan bog’liq faktlarni yo’qotish maqsadida uyushtirilgan bo’lishi mumkin.
Qrimda rossiyaparast jangarilarga yetakchilik qilgan Igor Girkin mahalliy parlament avtomatlar ostida Rossiyaga qo’shilish uchun ovoz bergani haqidagi videointervyusining matbuotda paydo bo’lishi Rossiyani jiddiy xavotirga solgan.
“Men u paytda hali Qrimda edim, deputatlar haqiqatda tahdid ostida Rossiyaga qo’shilish haqida ovoz berishganini tasdiqlay olaman”,- deydi Chubarov.
“O’sha kuni qurollangan jangarilardan qo’rqib parlmentga kelmagan deputatlar o’rniga ham ovoz berilgan edi. Bu tahdidlarni jangari guruhlarga yetakchilik qilgan Girkinning o’zi tan olishi ortidan esa Rossiya maxsus xixmati bu boradagi barcha materiallarni yo’qotishga kirishgan”.
Chubarov Qrimda vaziyat tarang ekani, o’z vatanidan badarg’a qilinayotgan qrim-tatarlar soni ko’payib borayotganini takidlaydi.
ATR kanalida tintuvlar o’tishidan biroz avval yarimorolda tanilgan huquq himoyachisi Sinaver Qodirov Qrimdan deportatsiya qilindi.