Breaking News

Bangladeshda muxolifatchi o’limga hukm qilindi, namoyishlar


Delvar Husayn Saidiy 1971-yilda Bangladesh va Pokiston o’rtasida mustaqillik uchun kechgan urush paytida sodir etilgan qatliom va jinsiy zo’rlashlarda aybdor topildi
Delvar Husayn Saidiy 1971-yilda Bangladesh va Pokiston o’rtasida mustaqillik uchun kechgan urush paytida sodir etilgan qatliom va jinsiy zo’rlashlarda aybdor topildi
Bangladeshda islomiy muxolifat yetakchisi o’limga hukm qilingani mamlakatda g’alayonga sabab bo’lib, kamida 44 odam nobud bo’lgan. Namoyishlar bugun ham davom etishi kutilayapti.

Delvar Husayn Saidiy 1971-yilda Bangladesh va Pokiston o’rtasida mustaqillik uchun kechgan urush paytida sodir etilgan qatliom va jinsiy zo’rlashlarda aybdor topildi.

Kecha Saidiyning partiyasi – Jamoati Islomiy yurt ahlini ish tashlashga da’vat etib, Saidiyning ozod etilishini talab qilib chiqqan.

Odamlar politsiya bilan to’qnashib, otishmada o’nlab fuqarolar halok bo’lgan.

Taxminan 200 kishi jarohat olgani aytiladi. Jamoati Islomiy yakshanbadan boshlab odamlarni ishga chiqmaslikka, idora, do’konlarni ochmaslikka chaqirayapti.

Bangladeshda kechayotgan harbiy tribunal huquq faollarining tanqidiga uchramoqda.

Sud faqat muxolifatning iziga tushgan, jarayon xalqaro talablarga javob bermayapti, deya norozi faollar.

Bangladesh ahli mustaqillik talab qilib Pokistonga qarshi olib borgan urushda yuz minglab odamlar nobud bo’lgani taxmin qilinadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG