Bangladesh hukumati Amerika rahbari Barak Obamaning Janubiy Osiyodagi bu davlat bilan savdo imtiyozlarini bekor qilish haqidagi qaroridan hayron.
Obama izohiga ko’ra, Bangladesh rahbariyati ishchilar huquqlarini himoya qila olmayapti.
Bangladesh Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha esa mamlakatda zavod va fabrikalarni mustahkamlash uchun zarur choralar ko’rilayapti, sharoit yaxshilanayapti.
Ikki oy oldin Dakkadagi to’qimachilik fabrikasi qulashi oqibatida 1200 dan ziyod odam nobud bo’lgan, shundan beri bu yurt ishlab chiqarish sanoati tanqid ostida qolayotgan edi.
Bangladesh mahsuloti Amerikaga eksport qilinganida tariflardan ozod qilinar edi.
Prezident Obamaning kecha e’lon qilgan qaroriga ko’ra, mamlakat bu imtiyozdan mahrum bo’lgan.
Bangladeshda to’qimachilik sohasida to’rt milliondan ziyod odam ishlaydi, 80 foizi ayollar. Oyiga ular taxminan 40 dollar maosh oladi.