Breaking News

Bostondagi portlashlarda gumon qilingan shaxs qo'lga olingan


Johar Tsarnayev va uning akasi Tamerlan Bostonda marafon paytida portlash uyushtirganlikda gumon qilinmoqda. Tamerlan politsiya bilan otishmada o'lgan.
Johar Tsarnayev va uning akasi Tamerlan Bostonda marafon paytida portlash uyushtirganlikda gumon qilinmoqda. Tamerlan politsiya bilan otishmada o'lgan.

Kundalik Eshittirish
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:29:56 0:00
Yuklab oling

Hafta boshida Bostonda katta marafon paytida yuz bergan portlashlar ortida turganlikda gumon qilingan 19 yoshli Johar Tsarnayev qamoqqa olindi.

18-apreldan 19-aprelga o'tar kechasi shahardagi otishmada akasi Tamerlandan ayrilgan Johar kun bo'yi xavfsizlik kuchlaridan qochib yurdi va kechga borib, bir kemada ushlandi. Yaralangan va tibbiy muolaja ko'rsatilmoqda.

Aka-ukalar Massachussetts shtatining Kembrij shahrida qonuniy yashagan. Checheniston va Dog'istondagi ota-ona ular o'qiyapti deb o'ylagan. Yigitlar haqiqatdan ham turli bilim yurtlarida rasman talaba bo'lgan.

Johar hatto ikki yil oldin Kembrij shahar hokimiyatining maxsus stipendiyasiga sazovor bo'lgan.

Oxirgi paytda yigitlar nima bilan mashg'ul bo'lgani haqida yaqinlari, do'stlari va tanishlari turlicha fikrda. Tergov davom etar ekan, masala oydinlashadi, deydi rasmiylar.

Amerika-Islom aloqalari kengashi bayonot chiqarib, Bostondagi hujumlar uchun mas’ul odamlar javobgarlikka tortilsin deya chaqirdi.

"Amerika yakdil, birdam mamlakat bo’lib qoladi. Qabih jinoyatlar ketidan biz bir-birimizga ziyon qilish yo’lidan bormaymiz. Tarixdan buni ko’rsa bo’ladi. Qo’shma Shtatlar bu sinovdan ham yorug’ yuz bilan o’tib olishi aniq", - deyiladi bayonotda.

Boston bo'ylab aholi yengil nafas ola boshladi, chunki shahar bir necha kundan beri chuqur qay'guda va oxirgi 24 soat ichida favqulodda vaziyatda edi.

Rasmiylar 19 yoshli Johar Tsarnayevni qidirish radiusini kengaytirib, butun Boston shahri bo'ylab jamoat transportini to'xtatib qo'ygan edi. Lekin qidiruv, asosan, Boston yaqinidagi Votertaun shahrida olib borildi.

Massachussets gubernatori Deval Patrik Boston aholisini uylaridan chiqmaslikka undab, eshikni faqat huquq-tartibot organi xodimlariga ochishni so'radi. Og'ir qurollangan politsiya shahardagi har bir uyni birma-bir tekshirib chiqdi.

Boston Massachussets shtatining poytaxti bo'lib, 600 mingdan ziyod aholiga ega. Shahar tevaragidan markazga ishlash uchun har kuni 200 mingdan oshiq odam kelib ketadi.


  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG