Bishkekda o’tayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti anjumani doirasida Xitoy Bosh vaziri Ven Zyabao mahalliy rasmiylar bilan iqtisodiy hamkorlik xususida gaplashgan. Kuzatuvchilarga ko’ra, iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan Qirg’iziston Rossiya ketidan Xitoy bilan aloqalarni mustahkamlash ilinjida.
Mahalliy kuzatuvchilarning aytishicha, Qirg’izistonda Xitoy tomoni qatnashmagan iqtisodiy yo’nalishni topish mushkul. Xitoy sarmoyasi va mutaxassislari qurilish, energetika, tog’-kon sanoati, tabiiy boyliklarni qidirish, qishloq xo’jaligi sohalarida keng ko’lamli ish olib bormoqda. Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston temir yo’l qurilishi borasida muzokaralar olib borilmoqda.
O’shlik jamoat arbobi Odiljon Obidov so’zlariga ko’ra, Pekin ko’proq iqtisodiy aloqalarga urg’u berib keladi. Ayni paytda Xitoy bilan siyosiy munosabatlar ham yaxshi ahvolda.
“Qirg’izistondagi qator yirik inshootlar, masalan, elektr quvvati uzatish liniyalari, avtoyo’llar Xitoyning mablag’i hisobiga, xitoylik mutaxassislar qo’li bilan barpo etilayapti. Qisqasi, Xitoy Qirg’izistonga jadal kirib kelayapti. Bu ko’rinishning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor. Ijobiy jihati – Xitoy Qirg’iziston uchun dolzarb bo’lib qolgan iqtisodiy masalalarni, aytaylik, o’sha energetika-kommunikatsiya masalalarini yechishda yordam ko’rsatmoqda”, - deydi Odiljon Obidov.
Xitoy Qirg’iziston uchun eng yirik chegaradosh davlat bo’lib, suhbatdoshlar nazarida ulkan ekonomikaning Qirg’iziston kabi taraqqiy etmagan o’lkada keng ildiz otishi tabiiy hol. Ayni paytda chegaralarning ochilishi insoniy, madaniy aloqalarni qayta tiklashga olib kelgan.
Nodavlat tashkilot xodimi Karim Abdullayev insoniy-madaniy munosabatlar avj olayotganini ta’kidlaydi.
“Aytaylik, bir paytlar Qirg’izistonga kelib qolgan uyg’ur birodarlar vatanga borib kelish imkoniyatiga ega bo’ldi. Yaqinda mening tanishlarim ham ona yurtiga borib, katta taassurot bilan qaytdi”, - deydi u.
Suhbatdosh xitoyliklarning ish uslubi namunaviy ekanini urg’ulaydi va mahalliy aholi ulardan ko’p narsa o’rganishi mumkinligini aytadi.
Bashoratlarga ko’ra, tomonlar iqtisodiy aloqalari yuksak sur’atlar bilan rivojlanishi kutilmoqda. Ayni paytda tahlilchilar orasida ushbu hamkorlik bir tomonlama bo’lib qolishi ehtimolidan tashvish mavjud.
“Salbiy tomoni shundaki, asta-sekin Qirg’izistonga Xitoy mutaxassislari, ishchilari, fuqarolari kirib kelayapti. Amalga oshirilayotgan loyihalarda ham asosan xitoyliklar band. Qirg’izistonlik mutaxassislar xorijda ish izlab sarson bo’lib yurgan bir paytda biz uchun bu hol qo’l kelayapti, deb ayta olmaymiz”, - deydi o’shlik jamoat arbobi Odiljon Obidov.
Mahalliy nodavlat tashkiloti xodimi Karim Abdullayev nazarida bu o’rinda ehtimol Qirg’izistonning qandaydir bir cheklovlar kiritishi lozimdir.
Suhbatdosh Xitoy tarafi yangi texnologiyalar olib kelishi maqsadga muvofiqligini aytadi.
Qirg’izistonlik tahlilchilar fikricha, rasmiy Bishkek Xitoy bilan hamkorlikni rivojlantirar ekan, iqtisodiy tobelikka tushib qolmaslik yo’llarini izlashi, muvozanatni saqlash choralarini ko’rishi maqsadga muvofiq.
Jamoat arbobi Odiljon Obidov davom etadi.
“Albatta, Xitoy bilan aloqalarni mustahkamlash kerak. Ayni vaqtda kelajakda Qirg’iziston iqtisodiyotiga qanday ta’sir bo’lishini ko’ra bilish zarurati mavjud. Bu masalada biz ehtiyotkor bo’lishimiz darkor. Bizning ekonomikada, bizning iqtisodiy siyosatimizda ularning ta’siri kuchayib borgan sari, bizning pozitsiyamiz zaiflasha borishi mumkin”, - deydi Obidov.
Hozirda Qirg’izistonda yoshlar orasida xitoy tilini o’rganish rasm bo’lmoqda. Tele-ekranlarda Xitoy hayoti, madaniyati, iqtisodi borasida ko’rsatuvlar tobora ko’paymoqda. Odamlar orasida Xitoy tajribasiga qiziqish yil sayin oshayotgani kuzatiladi.

Masalan, elektr liniyalari, yo’llar Xitoyning mablag’i, xitoylik mutaxassislar qo’li bilan barpo etilayapti.