Davlat kotibasi Xillari Klinton bugun xizmatini yakunlab, uning o’rnini endi senator Jon Kerri egallaydi.
Jamoatchilik orasida obro’si baland, hamkasblari 2016-yilgi prezident poygalarida qatnashishga undayotgan vazira bugun Davlat departamenti bilan xayrlashdi.
To’rt yillik faoliyati davomida Klinton umuninsoniy qadriyatlarni himoya qilishga va Amerika xavfsizligiga asosiy e’tibor qaratganini ta'kidladi.
Uning so’zlariga ko’ra, arab dunyosidagi qo'zg'olon va inqiloblar, Gaiti va Yaponiyadagi zilzilalar, Iroqdagi urush, Afg’onistondagi mojaro, global iqtisodiy tanazzul, Birma va Somalidagi siyosiy tortishuvlarga yondashishda diplomatiya asosiy vosita bo’ldi.
“To’rt yil oldin Senatda hamkasblar bilan yuzma-yuz o’tirib, savol-javob qilar ekanman, davlat kotibi lavozimiga loyiq ko’rilganimdan boshim osmonda edi. Lekin nufuzli shtat Nyu-Yorkdagi avvalgi xizmat joyimni, uzoq yillik mehnatim singgan yerni va insonlarni tark etish og’ir edi. Bugun ham aynan o’sha hissiyot, kayfiyatdaman", - dedi u.
"Shu bilan birga, hayotimda yangi sahiga ochishga tayyorman”, - dedi Klinton.
“Jon Kerri juda tajribali senator va tashqi ishlar vaziri lavozimini ham qoyilmaqom qilib eplaydi”.
Massachusets shtatidan senator Jon Kerri nazarida Klinton tinimsiz mehnati, shijoati va sa’y-harakatlari bilan barchaga namuna.