Breaking News

Xillari Klinton kasalxonadan chiqdi


65 yoshli Klinton 7-dekabrdan beri jamoatchilikka ko'rinish bermagan edi
65 yoshli Klinton 7-dekabrdan beri jamoatchilikka ko'rinish bermagan edi
Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton Nyu-York kasalxonasidan chiqdi.

O'tgan hafta uning organizmida tromb, ya’ni tomirda ivib qolgan qon aniqlangan, shundan beri u shifokorlar ko'rigida qolayotgan edi.

Tashqi ishlar vazirasi Rojdestvo oldidan tobi qochib, hushidan ketgan, natijada miyasi chayqalib lat yegan edi. Tromb o'ng tomonda, bosh suyagi va miya orasida hosil bo'lgan, deydi shifokorlar.

Kasallik bois Klinton xorijga bir necha safari va chiqishlarini bekor qilgan.

Vazira kasalxonadan turib, qo'li ostidagi xodimlar bilan muntazam aloqada bo'lib turgan. U yo'g'ida yordamchilar tashqi siyosatga doir masalalarga ko'z-quloq bo'lgan.

Prezident Barak Obama ikkinchi muhlatini rasman boshlagach, shu oy Klinton davlat kotibi lavozimini tark etadi. Uning o'rnini senator Jon Kerri ko'rsatilgan.

Arbob, shuningdek, yil boshida Kongress oldida chiqish qilib, sentabrda Liviyaning Bing’ozi shahrida AQSh vakolatxonasiga qilingan hujum borasida hisobot berishi kutilmoqda.

65 yoshli Klinton 7-dekabrdan beri jamoatchilikka ko'rinish bermagan edi.

Kasallik arbobning siyosiy faoliyati borasida qator savollar uyg'otgan. 2016-yilgi prezident saylovlarida qatnashadimi-yo'qmi? Safdosh demokratlar xonimni poygaga kirishga da'vat etib keladi.

Xillari Klinton - sobiq senator, sobiq prezidentning rafiqasi, AQSh bosh diplomati... Suratlarda...

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG