Breaking News

Koronavirus kun mavzusi ekan, prezidentlik poygasi unutilganday


Koronavirus AQShda saylov kampaniyasini o’zgartirdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:37 0:00

Koronavirus kun mavzusi ekan, AQShda saylov kampaniyasi davom etayotgani ba’zida yoddan ko’tariladi. Prezidentlikka nomzodlar yangi sharoitga moslashishga majbur. Ular shovqin-suronli yig’inlar o’tkazmayapti.

“Ogayo va boshqa shtatlar gubernatorlari ommaviy tadbirlar o’tkazmaslikni so’rashdi. Koronavirus tufayli yangi qoidalarga amal qilayapmiz”, - deydi sobiq vitse-prezident Jo Bayden.

Epidemiya sabab saylov kampaniyasi o’zgacha tus olmoqda. O’ndan ortiq shtatlar va hududlarda ovoz berish qoldirilgan yoki byulleten pochta orqali jo’natiladi. Demak, Demokratik partiyadan yagona nomzodni tanlash ham kechiktiriladi.

Jo Bayden Delaver shtatidagi uyidan turib saylovchilar bilan internet orqali bog’lanmoqda. Kampaniyasi xodimlari ham masofadan ishlaydi.

Bugun Donald Trampni ham qizil kiyimdagi tarafdorlari qurshovida ko’rmaysiz. Prezident har kuni Oq uydan turib xalqqa koronavirusga qarshi kurash haqida hisobot bermoqda.

“Har kuni millionlab odamga murojaat qilish ham Tramp uchun foydali”, - deydi tahlilchi Jeykob Rubashkin.

Nomzodlar o’z dasturlarini tushuntirish, moliya jamg’arish uchun ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanmoqda.

“Ular reklamaga katta pul tikishni boshlaydi. Buning ikki sababi bor. Birinchisi, hozirgi ijtimoiy uzoqlashuv sharoitida nomzodlarning tarafdorlari uyma-uy yurib, targ’ibot qila olmaydi. Bunday imkoniyat cheklangan. Ikkinchi sabab shuki, nomzodlarni hozir hech kim eshitmaydi. Hamma koronavirus bilan band”, - deydi Rubashkin.

Siyosiy strategiyani pandemiyaga moslashtirish 1918-yilgi ispan grippidan keyin ham kuzatilgan edi.

Prezidentlikka respublikachi nomzod Vorren Xarding 1920-yilgi saylov g’olibi bo’lib, kampaniyasini uyidan olib borgan. Minglab saylovchi uni tinglash uchun Ogayoga yo’l olgan.

Agar ijtimoiy uzoqlashuv kuzgacha davom etsa, saylov qanday o’tishi noma’lum.

“Hozirda to’rt shtat aholisi pochta orqali ovoz beradi. 46 shtatda millionlab odamlar byulletenni to’ldirib pochta orqali yuborishga o’rganmagan”, - deydi suhbatdosh.

Saylov uchastkasiga borish, qo’l berib ko’rishish, chaqaloqlar bilan rasmga tushish kabi an’analar bu gal qoldirilishi ham mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG