Breaking News

Demokratlar virtual qurultoyda Tramp siyosatini tanqid qildi


Bugun AQSh Demokratik partiyasi saylovoldi qurultoyining so’nggi kuni. Tadbir pandemiya tufayli virtual shaklda o’tmoqda. Partiya faollari mamlakatning turli burchaklaridan internet orqali muloqot qilmoqda.

Xalqaro hayot – 20-avgust, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:26 0:00

Qurultoyda Jo Bayden prezidentlikka nomzod sifatida rasman e’lon qilindi. Vitse-prezidentlikka tanlangan senator Kamala Harris yirik partiyadan ushbu lavozimga nomzodi ko’rsatilgan ilk qora tanli ayoldir.

Sobiq kongressmen ayol Gabbi Giffords va boshqa ma’ruzachilar Jo Baydenni Trampga qarshi kuchli nomzod deya ta’rifladi.

“Amerika hammaning fikrini eshitishni xohlaydi, garchi so’z tanlash qiyin bo’lsa-da”, - dedi u.

Demokratlar qurultoyda Tramp siyosatini qoraladi, ayniqsa immigratsiya qonunlarini joriy etishdagi ayovsiz harakatlari hamda siyosiy boshpanaga da’vogarlar va hujjatsiz muhojirlarga nisbatan qattiq muomalasi uchun.

Prezidentlikka sobiq nomzod senator Elizabet Uorren Trampning koronavirusga qarshi siyosatini ham tanqid qildi.

“Bugun Amerika koronavirusdan o’lganlar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turibdi, iqtisodiyot parchalanmoqda. Har ikki muammo ayniqsa oq tanli bo’lmagan ko’plab oilalarga og’ir kelmoqda”, - dedi qonunchi.

Sobiq prezident Barak Obamaning aytishicha, Tramp mamlakatdagi xilma-xillikni hurmat qilmaydi, o’z ishining ahamiyatini tushunmaydi.

“Mamlakat ravnaqi uchun Donald Tramp ishiga jiddiyroq yondashadi, oliy lavozim bilan bog’liq mas’uliyatni tushunib, unda demokratiyaga hurmat uyg’onadi deb umid qilgandim. Ammo bunday bo’lmadi”, - dedi Obama.

O’tgan saylovda Trampga mag’lub bo’lgan Xillari Klinton saylovchilarni faol bo’lishga chaqirdi.

“2016-yilda Tramp “menga ovoz bersangiz, nima yo’qotasiz” deb so’ragan edi. Javobini endi bilamiz - sog’liqni saqlash tizimi, ish o’rinlari, yaqinlarimizni”, - dedi u.

Saylovoldi qurultoyni o’tkazishda ijtimoiy sahifalardan foydalanish yangilikdir. Bunday format ish beryapti, deydi mutaxassislar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG