Breaking News

Misr: Tanazzulni tugatishga doir diplomatik urinish ish bermadi


An aerial view shows a damaged bridge across the River Tawi at Mandal village on the outskirts of Jammu, India.
An aerial view shows a damaged bridge across the River Tawi at Mandal village on the outskirts of Jammu, India.

Senatorlar Lindsi Grem, Jon Makkeyn esa Misr Amerikaning harbiy yordamidan quruq qolishi mumkin, deya ogohlantirmoqda.

Xalqaro elchilarning Misrda siyosiy tanglikni hal qilish uchun ko’rgan tadbiri ish bermadi. Muvaqqat rahbariyat bunda hukumatdan ag’darilgan prezident Muhammad Mursiyga sodiq Musulmon Birodarlarni aybladi.

AQSh Misr rahbariyati, muxolifatini murosaga chaqirdi/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:09 0:00
Yuklab oling

Tinimsiz namoyishlar qilayotgan guruh mamlakat tinchini buzib, yo’llarni to’sib, odamlarni besabab hibsga olib, sabrimizni tugatdi, deydi vaqtli ma’murlar. Muzokarada vositachilik qilgan AQSh mulozimi, Davlat kotibi muovini Vilyam Berns ham bugun Misrni tark etgan. Muloqotda Yevropa Ittifoqi, arab davlatlaridan vakillar qatnashgan.

Qo’shma Shtatlar, bu orada, siyosiy ziddiyatni dialog yo’li bilan hal qilishga undayapti. Biroq muxolifat harbiylar chetlatgan prezident Muhammad Mursiy lavozimiga tiklanishi kerak degan talabni qo’ymoqda.

Mursiy tarafdorlari 3-iyuldan beri tinimsiz namoyishda. Minglab odamlar poytaxt bo’ylab yurib, norozilik bildirmoqda. Mursiyni qaytaring deya hayqirmoqda.

“Dialog zarur”, - deydi ulardan biri. “Ammo avvalo prezident Muhammad Mursiy lavozimida tiklansin, konstitutsiya va parlament qaytarilsin. Aks holda muzokara haqida gap bo’lishi mumkin emas”.

Boshqalar nazarida esa Mursiy va uning Musulmon Birodarlar partiyasi yana avvalgi lavozimini egallasa, Misr faqat ziyon ko’radi.

“Misr xalqi bir yil og’ir damlarni boshidan kechirdi, hukumat bergan va’dalarini bajarmadi. O’sha holatga qaytishni xohlaymizmi? Malakasiz, uquvsiz hokimiyatni yana qabul qilishga rozi bo’lamizmi? Xalq bir ovozdan qarorini e’lon qildi, Mursiy hukumatini rad etdi”, - deydi Amr Musa, muxolifat liderilardan biri.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun Misrda g’alayon va zo’ravonlikni tugatishga da’vat etayapti. Harbiy rahbarlar murosaga borsin, deydi u.

AQSh senatorlari Lindsi Grem va Jon Makkeyn ham Qohiraga ayni maslahat bermoqda.

“Siyosiy mahbuslarni ozod qiling”, - deydi Makkeyn. “Taraflar muzokaraga stoliga o’tirsin, ham Musulmon Birodarlar, ham vaqtli rahbarlar. Birodarlarni esa musht ko’tarishdan tiyilishga da’vat etamiz”, - deydi senator.

Misr Qo’shma Shtatlardan har yili qariyb bir yarim milliard dollarlik harbiy yordam oladi. Kattaligi jihatidan bu madad Isroilga uzatiladigan madaddan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Lekin Amerika qonunlariga ko’ra, harbiylar to’ntarish sodir etgan davlatga moliyaviy ko’mak uziladi. Senator Grem Misr yordamdan quruq qolishi mumkin, deydi.

“Muammoni tez orada hal qila olamiz va yordam dasturi amalda qoladi, degan umiddaman”, - deydi Lindsi Grem. “Toki senator Makkeyn bilan Vashingtonga qaytib, xavotirlar o’rinsiz, hamon hamkormiz va madadni uzishga hojat yo’q deya olaylik”, - deydi senator.

Misr vaqtli hukumati nazarida mamlakatda to’ntarish yuz bermadi, Mursiy ketishini xalq xohladi. Davlatni demokratiya so’qmog’iga qaytarish uchun qo’ldan kelganini qilayapmiz, saylovlarga hozirlik ketayapti, deydi muvaqqat rahbariyat.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG