Breaking News

Turkiya Rossiyaning "gaz habi" bo'lishga tayyor


Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdog'anning parlamentga bildirishicha, hukumat Rossiya bilan gaz hamkorligi bo'yicha kelishgan
Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdog'anning parlamentga bildirishicha, hukumat Rossiya bilan gaz hamkorligi bo'yicha kelishgan

Prezident Rajab Toyyib Erdog'an Prezident Vladimir Putin bilan kelishdi: Turkiya Rossiya tabiiy gazining habi, ya'ni asosiy o'tish nuqtasi bo'ladi.

Erdog'an 20-oktabr kuni parlamentni bu borada boxabar qilib, bu kelishuv iqtisodiy yutuq, deya tushuntirgan.

“Yevropa mamlakatlari hozir tabiiy gaz ta'minoti qiynalayotgan paytda, bizda bunday muammo yo'q", - deydi Erdog'an.

Putinga ko'ra, Boltiq dengizi ostidan o'tgan "Shimoliy oqim" quvuriga ketadigan gaz endi Turkiyaga yo'naltiriladi. O'tgan oy "Shimoliy oqim"ga zarar yetgan.

Rossiya Turkiyaga oldindan "Turk oqimi" degan quvur orqali gaz uzatadi. Biroq uning imkoniyatlari cheklangan, deb keladi Kreml.

Istanbuldagi Sabanji universitetidan ekspert Senem Aydin-Duzgit deydiki, bu kelishuv Yevropani sarosimaga solmaydi.

“Turkiya orqali bu gazni kimga sotishmoqchi?" - deya so'raydi olim.

"Yevropa uni rad etmoqda. Turkiya habga aylanarmish, kim uchun? Bu gaz keyin qayerga ketadi?" t.”

Anqara esa bunga tarixiy imkoniyat deb qaramoqda, deydi Prezident Erdog'anning matbuot kotibi Ibrohim Kalin. .

"Putindan juda muhim taklif oldik. Yevropaga gaz kerak ekan, ikki joydan olishi mumkin: Turkiyadan o'tadigan Ozarbayjon quvuri va ehtimol, kelajakda Turkiya quvuridan keladigan Eron gazi.

Anqara G'arb bosimi ostida, chunki Rossiyaga qarshi sanksiyalarni joriy etishdan bosh tortmoqda. Vashington va Bryussel NATOga a'zoTurkiyani ogohlantirgan: Rossiyaga cheklovlar qo'llamasa, uning o'zi ham sanksiyaga uchraydi.

AQShdan ekspert Mariya Shangina kuzatishicha, Putin fursatdan foydalanib, Erdog'anni o'z tarafiga tortmoqda, G'arbga bosh egma, demoqda.

“Turkiya olov bilan o'ynashmoqda. Rossiya bilan legal va nolegal hamkorlik bilan band ekan, G'arbning qahri kuchayib, uni jazolashga tushishi mumkin".

Ayrim tahlilchilar nazarida esa Erdog'an Putin bilan murosa qilishga bel bog'lagan. Gaz kelishuvi Turkiya uchun mahsulot narxini tushirishi mumkin. Inflyatsiya misli ko'rilmagan darajaga chiqqan paytda, kelasi yilgi prezidentlik saylovi oldidan Erdog'an unga har qanday "kuchli pozitsiya" yordam berishidan umidvor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG