Breaking News

Turkiya Fors ko'rfazidagi arab davlatlari bilan aloqalarni yaxshilamoqda


Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an kelasi hafta Fors ko’rfazi bo’yida joylashgan arab davlatlariga safar qilishi kutilmoqda. Ularning ayrimlari bilan Anqaraning aloqalari sovuq edi, biroq endi diplomatik sa'y-harakatlar tufayli munosabatlar tiklanmoqda.

Xalqaro hayot - 14-iyul, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:32 0:00

Masalan, joriy oy boshida Misr bilan diplomatik aloqalar eski holiga qaytdi, Isroil bilan iliqlashuv kuzatilmoqda.

“Yaqinda yangi Iqtisodiyot vaziri Mehmet Shimshek Fors ko’rfazi mamlakatlarida birinchilardan bo’ldi. Turkiya iqtisodiyoti hozir yangi sarmoyalarga muhtoj. Safar chog’ida 25 milliard dollarga teng sarmoyalarga kelishilgani haqida mish-mishlar bor”, - deydi Istanbuldagi Qodir Has universiteti professori Soli O’zel.

Istanbul bir paytlar ayrim arab mamlakatlari, jumladan Misr hukumatlariga qarshi ma’lumot tarqatuvchi sun’iy yo’ldosh telestansiyalarini o’z bag’riga olgan edi. Hozir aksariyati yopilgan.

2013-yilda Misrda harbiylar bundan bir yil oldin prezidentlikka saylangan Muhammad Mursiyni hokimiyatdan olganidan so’ng Mursiyga xayrixoh bo’lgan Turkiya Qohira bilan aloqalarni to’xtatib qo’ydi. Biroq shu oy to’liq diplomatik munosabatlar tiklangani haqida e’lon qilindi.

Erdog’anning dindor tarafdorlari Misrda Mursiyning o’rniga kelgan Abdul Fattoh Sisiyni xushlamaydi, shu sabab Turkiya rahbari Misr bilan aloqalarni tiklashdan oldin o’z mamlakatida prezident saylovi o’tishini kutdi.

“Erdog’an ko’pdan beri munosabatarni tiklash harakatida bo’lgan, bu borada katta ish qilindi. Endi esa buni rasmiylashtirish uchun Sisiy Anqaraga yoki Erdog’an Qohiraga borishi kerak edi”, - deydi Londondagi Qirollik birlashgan xizmatlar institutidan tahlilchi Jalol Harshui.

Turk matbuotiga ko’ra, Sisiy Turkiyaga shu oy borishi mumkin.

Turkiyaning Misr va Yaqin Sharqdagi boshqa arab davlatlari bilan aloqalarining iliqlashayotgani Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ham yordam beryapti. O’tgan yili Isroil Prezidenti Is’hoq Gersog Anqarada bo’ldi.

“Avval Birlashgan Arab Amirliklari, so’ng Saudiya Arabistoni, hozir Misr va Suriya bilan aloqalar yaxshilanmoqda. Turkiyaning munosabatlarni normallashtirishga qaratilgan mintaqaviy urinishi unga ko'proq ishonch va ehtimol yanada barqarorlik baxsh etayotgandek”, - deydi Tel-Aviv universiteti qoshidagi Milliy xavfsizlikni o'rganish institutidan Galliya Lindenshtraus.

Erdog’an Isroilning G’arbiy Sohildagi so’nggi harbiy harakatlariga sukutli tanqid bilan munosabat bildirdi. Ba’zi kuzatuvchilar fikricha, bu Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning yaqin orada Turkiyaga kutilayotgan tashrifi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG